Narzullayevlar sulolasining kulolchilik uy-muzeyi — qiziqarli fotolar

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Abdullo Narzullayev nafaqat kulolchilik ustasi, balki jahon miqyosida o‘zbek san’ati sharafini himoya qilayotgan xalqaro tadbirlarning faol ishtirokchisidir.
Usta Abdullo Narzullayevning sa’y-harakatlari bilan G‘ijduvonda Ibodullo Narzullayev nomidagi Milliy kulolchilik uy-muzeyi tashkil etilgan bo‘lib, unda kulolchilik muzeyi, ko‘rgazmalar zali, kulolchilik, kashtachilik, gilamdo‘zlik ustaxonalari joylashgan.
"Muzey ochilganidan buyon o‘nlab shogirdlar faol tahsil olib kelishmoqda, ayni paytda o‘n nafari kulolchilik, saksondan ziyodi kashtachilik, yana o‘n nafari gilamdo‘zlik sirlarini o‘zlashtirmoqda", – deydi ustaning to‘ng‘ich qizi Dilnoza Narzullayeva.
Abdullo aka ota-bobolari qoldirgan an’anaviy hunarmandchilikni tiklash va rivojlantirishga qaratilgan loyihalarda faol ishtirok etmoqda. 2021-yilda Abdullo Narzullayevga shaxsan prezident tomonidan “O‘zbekiston xalq ustasi” faxriy unvoni berilgan.
1997 yilda Narzullayev ko‘magida an’anaviy G‘ijduvon kashtasi qayta tiklandi, bu noyob texnikani saqlab qolish va ularni keyingi avlodlarga yetkazish imkonini berdi. Uning onasi Mustabshira Barakayeva 9 nafar qiz, 2 nafar kelin va nevaralariga avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan kashtachilik texnikasi va naqshlarining o‘ziga xos uslubini o‘rgatmoqda.
O‘zining yorqin ranglari va murakkab naqshlari bilan mashhur bo‘lgan so‘zana kashtasi G‘ijduvon madaniyatida chuqur ildizlarga ega. Qizlar bu san’atni yoshligidan o‘zlashtira boshlagan, o‘z mahriga namunalar yaratgan. So‘zana, shuningdek, turmush qurgan ayol va uning onasi o‘rtasidagi "maktub" sifatida ishlatilgan, bu yerda naqshlar ramziy ma’noga ega edi. An’anaviy kashtachilik bo‘yicha yetakchi mutaxassislardan biri Mavluda Narzullayeva turli yoshdagi ayollarni o‘qitib, ularga bilim va ko‘nikmalarini beradi. Uning shogirdlari an’analarni davom ettirib, turli ko‘rgazma va tanlovlarda o‘z iste’dodlarini namoyish etib kelishmoqda.
Abdullo Narzullayev nafaqat kulolchilik ustasi, balki jahon miqyosida o‘zbek san’ati sharafini himoya qilayotgan xalqaro tadbirlarning faol ishtirokchisidir. Uning asarlari 160 dan ortiq ko‘rgazmalarda namoyish etilgan, u yerda sovrinli o‘rinlarni egallagan va mukofotlarga sazovor bo‘lgan. 2019-yildan buyon uning qizi Maxfuzabonu Narzullayeva o‘z shogirdlariga ushbu murakkab hunarmandchilik sirlarini o‘rgatib, "Buxoro ipak gilamlari" to‘qish an’analarini yangiladi. Ustaning yana bir qizi Dilnoza Narzullayeva kulolchilikda o‘ziga xos yo‘nalish bo‘lgan hushtak-o‘yinchoqlar yasash bilan shug‘ullanadi. Deyarli har bir kulolchilik markazida “uchpulak”, “ushpulak”, “adjuba”, “xushtak” deb ataladigan hushtak-o‘yinchoqlar tayyorlanadi.
Ibodullo Narzullayev nomidagi Milliy kulolchilik uy-muzeyi o‘zbek hunarmandchiligini asrab-avaylash va rivojlantirishning muhim markaziga aylandi. Ustozlar va ularning shogirdlarining sa’y-harakatlari tufayli qadim zamonlardan boshlangan an’analar yashab, rivojlanib bormoqda. Har kim muzeyga tashrif buyurishi, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishi va o‘quv kurslarida qatnashishi mumkin, bu esa o‘zbek hunarmandchilik san’atining betakror merosini yanada chuqurroq anglash imkonini beradi. Narzullayevlar oilasi bu an’analarni avloddan-avlodga yetkazish orqali qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.
Sputnik O‘zbekiston jarayonlardan qiziqarli fotolarni taqdim etadi.
© Sputnik

Gulbahor Narzullayeva va uning qizlari ipak iplar va tabiiy bo‘yoqlardan foydalangan holda o‘ziga xos naqshlar yaratishmoqda

Gulbahor Narzullayeva va uning qizlari ipak iplar va tabiiy bo‘yoqlardan foydalangan holda o‘ziga xos naqshlar yaratishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
1/21

Gulbahor Narzullayeva va uning qizlari ipak iplar va tabiiy bo‘yoqlardan foydalangan holda o‘ziga xos naqshlar yaratishmoqda

© Sputnik

Bigizda "yurma" uslubida kashta tikish jarayoni

Bigizda "yurma" uslubida kashta tikish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
2/21

Bigizda "yurma" uslubida kashta tikish jarayoni

© Sputnik

Mashhur kashtado‘z usta Mavluda Narzullayeva sayyohlarga fransuz tilida ekskursiya o‘tmoqda

Mashhur kashtado‘z usta Mavluda Narzullayeva sayyohlarga fransuz tilida ekskursiya o‘tmoqda - Sputnik O‘zbekiston
3/21

Mashhur kashtado‘z usta Mavluda Narzullayeva sayyohlarga fransuz tilida ekskursiya o‘tmoqda

© Sputnik

Ipak gilam to‘qish jarayoni

Ipak gilam to‘qish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
4/21

Ipak gilam to‘qish jarayoni

© Sputnik

Hasan Sharipov va Dilnoza Narzullayeva sopol laganlarga an’anaviy naqsh kompozitsiyalarini solish muhokamasida

Hasan Sharipov va Dilnoza Narzullayeva sopol laganlarga an’anaviy naqsh kompozitsiyalarini solish muhokamasida - Sputnik O‘zbekiston
5/21

Hasan Sharipov va Dilnoza Narzullayeva sopol laganlarga an’anaviy naqsh kompozitsiyalarini solish muhokamasida

© Sputnik

Qo‘lda tikilgan so‘zanada aks etgan anor naqshi serfarzandlik va oila ramzini bildiradi

Qo‘lda tikilgan so‘zanada aks etgan anor naqshi serfarzandlik va oila ramzini bildiradi - Sputnik O‘zbekiston
6/21

Qo‘lda tikilgan so‘zanada aks etgan anor naqshi serfarzandlik va oila ramzini bildiradi

© Sputnik

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ustasi Abdullo Narzullayev G‘ijduvon shahrida "Ibodullo Narzullayev nomidagi milliy kulolchilik uy-muzeyi"ni tashkil etish barobarida, an’anaviy kashtachilik va Buxoro ipak gilamlari to‘qimachiligini ham yo‘lga qo‘ygan tashabbuskor

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ustasi Abdullo Narzullayev G‘ijduvon shahrida "Ibodullo Narzullayev nomidagi milliy kulolchilik uy-muzeyi"ni tashkil etish barobarida, an’anaviy kashtachilik va Buxoro ipak gilamlari to‘qimachiligini ham yo‘lga qo‘ygan tashabbuskor  - Sputnik O‘zbekiston
7/21

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ustasi Abdullo Narzullayev G‘ijduvon shahrida "Ibodullo Narzullayev nomidagi milliy kulolchilik uy-muzeyi"ni tashkil etish barobarida, an’anaviy kashtachilik va Buxoro ipak gilamlari to‘qimachiligini ham yo‘lga qo‘ygan tashabbuskor

© Sputnik

Gilamdo‘zlarning nafis mehnati

Gilamdo‘zlarning nafis mehnati - Sputnik O‘zbekiston
8/21

Gilamdo‘zlarning nafis mehnati

© Sputnik

Hushtak yasash jarayoni

Hushtak yasash jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
9/21

Hushtak yasash jarayoni

© Sputnik

Ota va qiz kulolchilik ustaxonasida

Ota va qiz kulolchilik ustaxonasida - Sputnik O‘zbekiston
10/21

Ota va qiz kulolchilik ustaxonasida

© Sputnik

Gilam to‘qish ustaxonasi

Gilam to‘qish ustaxonasi - Sputnik O‘zbekiston
11/21

Gilam to‘qish ustaxonasi

© Sputnik

"Anor" so‘zanasi. Mualliflar: Mavluda Narzullayeva va Gulbahor Narzullayevalar. G‘ijduvon, 2021-yil. Ipak matoda ipak iplar bilan tikilgan.

"Anor" so‘zanasi. Mualliflar: Mavluda Narzullayeva va  Gulbahor Narzullayevalar. G‘ijduvon, 2021-yil. Ipak matoda ipak iplar bilan tikilgan. - Sputnik O‘zbekiston
12/21

"Anor" so‘zanasi. Mualliflar: Mavluda Narzullayeva va Gulbahor Narzullayevalar. G‘ijduvon, 2021-yil. Ipak matoda ipak iplar bilan tikilgan.

© Sputnik

Mahfuzabonu Narzullayeva ish ustida

Mahfuzabonu Narzullayeva ish ustida - Sputnik O‘zbekiston
13/21

Mahfuzabonu Narzullayeva ish ustida

© Sputnik

Uch iste’dodli avlod : ota, qiz va nabira

Uch iste’dodli avlod : ota, qiz va nabira - Sputnik O‘zbekiston
14/21

Uch iste’dodli avlod : ota, qiz va nabira

© Sputnik

Tayyor mahsulot - hushtak

Tayyor mahsulot - hushtak - Sputnik O‘zbekiston
15/21

Tayyor mahsulot - hushtak

© Sputnik

Ikki avlodning naqsh chizish jarayonidan lavha

Ikki avlodning naqsh chizish jarayonidan lavha - Sputnik O‘zbekiston
16/21

Ikki avlodning naqsh chizish jarayonidan lavha

© Sputnik

Betakror G‘ijduvon laganlari

Betakror G‘ijduvon laganlari - Sputnik O‘zbekiston
17/21

Betakror G‘ijduvon laganlari

© Sputnik

Dilnoza Narzullayeva kulolchilik sohalaridan biri hisoblangan o‘yinchoq hushtaklari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Suratda kulol buyumni bo‘yash jarayoni

Dilnoza Narzullayeva kulolchilik sohalaridan biri hisoblangan o‘yinchoq hushtaklari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Suratda kulol buyumni bo‘yash jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
18/21

Dilnoza Narzullayeva kulolchilik sohalaridan biri hisoblangan o‘yinchoq hushtaklari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Suratda kulol buyumni bo‘yash jarayoni

© Sputnik

"Yulduz" so‘zanasi. Mualliflar: Mavluda Narzullayeva va Gulbahor Narzullayevalar. G‘ijduvon, 2020-yil. Ipak matoda ipak iplar bilan "yo‘rma" uslubida tikilgan

"Yulduz" so‘zanasi. Mualliflar: Mavluda Narzullayeva va  Gulbahor Narzullayevalar. G‘ijduvon, 2020-yil. Ipak matoda ipak iplar bilan "yo‘rma" uslubida tikilgan - Sputnik O‘zbekiston
19/21

"Yulduz" so‘zanasi. Mualliflar: Mavluda Narzullayeva va Gulbahor Narzullayevalar. G‘ijduvon, 2020-yil. Ipak matoda ipak iplar bilan "yo‘rma" uslubida tikilgan

© Sputnik

Narzullayevlar sulolasi barchani kulolchilik muzeyi va hunarmandchilik markaziga tashrif buyurishga taklif qiladi. U yerda ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishibgina qolmay, ustaning uy-muzeyida oilasi bilan birga yashab, kulolchilik sirlarini shaxsan ustalardan o‘rganishlari mumkin bo‘ladi

Narzullayevlar sulolasi barchani kulolchilik muzeyi va hunarmandchilik markaziga tashrif buyurishga taklif qiladi. U yerda ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishibgina qolmay, ustaning uy-muzeyida oilasi bilan birga yashab, kulolchilik sirlarini shaxsan ustalardan o‘rganishlari mumkin bo‘ladi - Sputnik O‘zbekiston
20/21

Narzullayevlar sulolasi barchani kulolchilik muzeyi va hunarmandchilik markaziga tashrif buyurishga taklif qiladi. U yerda ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishibgina qolmay, ustaning uy-muzeyida oilasi bilan birga yashab, kulolchilik sirlarini shaxsan ustalardan o‘rganishlari mumkin bo‘ladi

© Sputnik

So‘zananing yaratilish jarayoni

So‘zananing yaratilish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
21/21

So‘zananing yaratilish jarayoni

Yangiliklar lentasi
0