https://oz.sputniknews.uz/20241026/msk-kuzatuvchilar-missiyalari-vakillari-46326267.html
MSKda kuzatuvchilar missiyalari vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi
MSKda kuzatuvchilar missiyalari vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Komissiya raisi Zayniddin Nizamxodjayev MDH Parlamentlararo Assambleyasi saylovlarni kuzatish guruhi Koordinatori, Qirg‘iz Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari T.Masabirov, Rossiya Federatsiyasi Federal Kengashi Fan, ta’lim va madaniyat masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari I.Umaxanov, MDH Bosh kotibi S.Lebedev, Maldiv Respublikasi saylov komissiyasi raisi Fuvad Tovfik, Turkiy davlatlar PA Koordinatori Osman Mesten, Malayziya Markaziy saylov komissiyasi raisi Ramlan Bin Xorun boshchiligidagi kuzatuvchilar delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.
2024-10-26T12:57+0500
2024-10-26T12:57+0500
2024-10-26T12:57+0500
o‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
siyosat
o‘zbekiston
markaziy saylov komissiyasi
saylovlar
uchrashuv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/1a/46325673_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_fc482478b591aeed9f21c0262c9d6d51.jpg
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Kecha, 25-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasida (MSK) xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilar missiyalari a’zolari va xorijiy davlatlar saylov organlari vakillari ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar berdi.Komissiya raisi Zayniddin Nizamxodjayev MDH Parlamentlararo Assambleyasi saylovlarni kuzatish guruhi Koordinatori, Qirg‘iz Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari T.Masabirov, Rossiya Federatsiyasi Federal Kengashi Fan, ta’lim va madaniyat masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari I.Umaxanov, MDH Bosh kotibi S.Lebedev, Maldiv Respublikasi saylov komissiyasi raisi Fuvad Tovfik, Turkiy davlatlar PA Koordinatori Osman Mesten, Malayziya Markaziy saylov komissiyasi raisi Ramlan Bin Xorun boshchiligidagi kuzatuvchilar delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yig‘ilishlarning asosiy mavzulari bo‘ldi.Xalqaro kuzatuvchilar saylovlarga demokratik tamoyillarga xos tayyorgarlik ko‘rilganligi, xalqaro normalar va standartlarga to‘la mos kelishi, fuqarolarning emin-erkin ovoz berishlarini ta’minlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilayotganligini alohida e’tirof etishdi.Xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilar missiyalari va delegatsiyalari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini ham uzoq muddatli, ham qisqa muddatli kuzatuvchi sifatida kuzatib boradi.
https://oz.sputniknews.uz/20241021/mdh-ozbekiston-parlament-saylov-46225842.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/1a/46325673_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_e06844f028c7d026e800dddef33ac8bc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
msk kuzatuvchilar missiyalari vakillari uchrashuvlar
msk kuzatuvchilar missiyalari vakillari uchrashuvlar
MSKda kuzatuvchilar missiyalari vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvlarda milliy saylov amaliyotiga joriy qilingan “E-Saylov” axborot tizimi, uning afzalliklari va imkoniyatlari qayd etib o‘tildi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Kecha, 25-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasida (MSK) xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilar missiyalari a’zolari va xorijiy davlatlar saylov organlari vakillari ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MSK matbuot xizmati
xabar berdi. Komissiya raisi Zayniddin Nizamxodjayev MDH Parlamentlararo Assambleyasi saylovlarni kuzatish guruhi Koordinatori, Qirg‘iz Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari T.Masabirov, Rossiya Federatsiyasi Federal Kengashi Fan, ta’lim va madaniyat masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari I.Umaxanov, MDH Bosh kotibi S.Lebedev, Maldiv Respublikasi saylov komissiyasi raisi Fuvad Tovfik, Turkiy davlatlar PA Koordinatori Osman Mesten, Malayziya Markaziy saylov komissiyasi raisi Ramlan Bin Xorun boshchiligidagi kuzatuvchilar delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yig‘ilishlarning asosiy mavzulari bo‘ldi.
Uchrashuvlarda milliy saylov amaliyotiga joriy qilingan “E-Saylov” axborot tizimi, uning afzalliklari va imkoniyatlari, saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirish Konsepsiyasi asosida barcha darajadagi saylov ishtirokchilarining bilim va ko‘nikmalari oshirilganligi qayd etib o‘tildi.
Xalqaro kuzatuvchilar saylovlarga demokratik tamoyillarga xos tayyorgarlik ko‘rilganligi, xalqaro normalar va standartlarga to‘la mos kelishi, fuqarolarning emin-erkin ovoz berishlarini ta’minlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilayotganligini alohida e’tirof etishdi.
“Markaziy saylov komissiyasi bo‘lajak saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan tashkiliy va huquqiy ishlarni yuqori saviyada yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, “E-saylov” interaktiv portalining ishga tushgani ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu tizim orqali siyosiy partiyalar nomzodlarning qonunchilik talablariga mosligi holati bo‘yicha saylov komissiyalari bilan tezkor ishlash imkoniyati yuzaga kelgan”, - dedi MDH Ijroiya qo‘mitasi Bosh kotibi Lebedev.
Xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilar missiyalari va delegatsiyalari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini ham uzoq muddatli, ham qisqa muddatli kuzatuvchi sifatida kuzatib boradi.