Isroil Eronga zarba berdi

© RIA NovostiVzriv v Tegerane vo vremya izrailskogo aviaudara po Iranu
Vzriv v Tegerane vo vremya izrailskogo aviaudara po Iranu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2024
Obuna bo‘lish
SAXALning aniqlik kiritishicha, hujum qilingan nishonlar orasida “yer-havo” raketa tizimlari, havo hujumidan mudofaa obyektlari va raketa ishlab chiqarish maydonlari bor.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘tgan tunda Isroil mudofaa kuchlari Erondagi harbiy obyektlarga zarba berilganini e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” yozmoqda.
SAXALning aniqlik kiritishicha, hujum qilingan nishonlar orasida “yer-havo” raketa tizimlari, havo hujumidan mudofaa obyektlari va raketa ishlab chiqarish maydonlari bor. Operatsiyada qiruvchi, tanker va razvedka samolyotlari ishtirok etdi.
Bu Isroilning Eron hududida amalga oshirgan birinchi harbiy operatsiyasi bo‘lib, rasmiylar rasmiy ravishda javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
OAV xabarlariga ko‘ra, Isroil yadro va neft obyektlariga hujum qilmagan.
Axios nashrining xabar berishicha, Isroil rasmiylari hujum 1-oktabrdagi Eron zarbasiga javob ekanini ta’kidlagan.
1 oktabr kuni Eron tarixda ikkinchi marta Isroilga qarshi yirik raketa hujumini uyushtirdi va buni o‘zini himoya qilish harakati deb atadi.
Flagi Izrailya i Irana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2024
Netanyaxu AQShga Eron harbiy obyektlariga zarba berishga tayyorligini ma’lum qildi — OAV
Yangiliklar lentasi
0