Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar xodimlarini tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrazdnichnoe meropriyatie po sluchayu Mejdunarodnogo jenskogo dnya.
Prazdnichnoe meropriyatie po sluchayu Mejdunarodnogo jenskogo dnya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2024
Obuna bo‘lish
25 oktabr — O‘zbekiston Ichki ishlar organlari xodimlari kuni.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, ularga sog‘liq, baxt va muhabbat tiladi.
Qadrli ofitser va generallar, serjant va safdorlar! Muhtaram faxriylar! Siz, azizlarni bugungi qutlug‘ kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Fursatdan foydalanib, siz, azizlarga o‘z xizmat burchingiz va muqaddas qasamodingizga doimo sodiq qolib, Vatanimiz va xalqimizga fidokorona xizmat qilib kelayotganingiz uchun chin dildan tashakkur bildiraman.
Ushbu qutlug‘ ayyomda el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida halok bo‘lgan mard va jasur soha xodimlarining xotirasini hurmat va ehtirom bilan yod etib, ularning oilalari va farzandlariga bayram tabrigimiz va ezgu tilaklarimizni yo‘llaymiz.
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan yana bir bor samimiy qutlab, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilalaringizga baxt-saodat, tinchlik va fayzu baraka, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman, deyiladi tabrik so‘zida.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po povisheniyu energoeffektivnosti v otraslyax ekonomiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2024
Mirziyoyev bir guruh IIO xodimlarini mukofotladi
Yangiliklar lentasi
0