https://oz.sputniknews.uz/20241025/rossiyaning-muzlatilgan-aktivlaridan-foydalanish-xalqaro-moliya-tizimini-ozgartirib-yuboradi-46311412.html
Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish xalqaro moliya tizimini o‘zgartirib yuboradi
Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish xalqaro moliya tizimini o‘zgartirib yuboradi
Sputnik O‘zbekiston
AQShda bo‘lib o‘tgan G20 yig‘ilishida Rossiya dollardan qurol sifatida foydalanish rivojlanayotgan mamlakatlar orasida uning mavqeyini tushirib yuborishini ma’lum qildi. 25.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-25T15:35+0500
2024-10-25T15:35+0500
2024-10-25T17:45+0500
rossiya
aqsh
g20
moliya vaziri
dollar
aqsh dollari
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/19/46320060_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_501a93485596efadb2caac97a325a7eb.jpg
TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish xalqaro valyuta va moliya tizimi uchun chuqur tizimli oqibatlarga olib keladi, dedi AQShda bo‘lib o‘tgan "Katta yigirmatalik" (G20) davlatlari moliyaviy organlari yig‘ilishida Rossiya Moliya vazirligi vakili. “Rossiya tomoni yana bir bor xalqaro huquqqa zid bo‘lgan bir tomonlama cheklovchi choralarni joriy etish amaliyoti normal holatga aylanib borayotganidan xavotirda.“AQSh dollari dunyoga Amerika valyutasidagi operatsiyalar bilan bog‘liq xavflarni eslatuvchi qurol sifatida tobora ko‘proq foydalanilmoqda, tabiiyki, rivojlanayotgan mamlakatlar tranzaksiyalarni amalga oshirish va zaxiralarni saqlash uchun boshqa valyutalarni qidiradi”, — deya qo‘shimcha qildi vazir o‘rinbosari.23-24 oktabr kunlari Vashingtonda Braziliya raisligida "Katta yigirmatalik" guruhi moliya vazirlari va markaziy bank raxbarlarining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya Federatsiyasi moliya vaziri o‘rinbosari Ivan Chebeskov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi ishtirok etdi. Uchrashuv Vashingtonda an’anaviy tarzda XVJ va Jahon banki boshqaruv organlarining yillik yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar jahon iqtisodiyoti va moliya sektorining ahvoli yuzasidan fikr almashdilar.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/19/46320060_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_7ce64a984fb39dc6828ceef60f78b4e0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, aqsh, g20, moliya vaziri, dollar, aqsh dollari, dunyo yangiliklari, dunyoda
rossiya, aqsh, g20, moliya vaziri, dollar, aqsh dollari, dunyo yangiliklari, dunyoda
Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish xalqaro moliya tizimini o‘zgartirib yuboradi
15:35 25.10.2024 (yangilandi: 17:45 25.10.2024) AQShda bo‘lib o‘tgan G20 yig‘ilishida Rossiya dollardan qurol sifatida foydalanish rivojlanayotgan mamlakatlar orasida uning mavqeyini tushirib yuborishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish xalqaro valyuta va moliya tizimi uchun chuqur tizimli oqibatlarga olib keladi, dedi AQShda bo‘lib o‘tgan "Katta yigirmatalik" (G20) davlatlari moliyaviy organlari yig‘ilishida Rossiya Moliya vazirligi vakili.
“Rossiya tomoni yana bir bor xalqaro huquqqa zid bo‘lgan bir tomonlama cheklovchi choralarni joriy etish amaliyoti normal holatga aylanib borayotganidan xavotirda.
G20 geoiqtisodiy parchalanishga qarshi turishi kerak. Barcha uchun teng huquqli, ko‘p tomonlama savdo va moliyaviy tizimni saqlab qolish juda muhimdir. Rossiyaning muzlatilgan moliyaviy aktivlaridan foydalanish — xalqaro valyuta-moliya tizimi uchun chuqur tizimli oqibatlarga olib keladi”, — dedi Rossiya moliya vaziri o‘rinbosari Ivan Chebeskov yig‘ilishda.
“AQSh dollari dunyoga Amerika valyutasidagi operatsiyalar bilan bog‘liq xavflarni eslatuvchi qurol sifatida tobora ko‘proq foydalanilmoqda, tabiiyki, rivojlanayotgan mamlakatlar tranzaksiyalarni amalga oshirish va zaxiralarni saqlash uchun boshqa valyutalarni qidiradi”, — deya qo‘shimcha qildi vazir o‘rinbosari.
23-24 oktabr kunlari Vashingtonda Braziliya raisligida "Katta yigirmatalik" guruhi moliya vazirlari va markaziy bank raxbarlarining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya Federatsiyasi moliya vaziri o‘rinbosari Ivan Chebeskov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi ishtirok etdi.
Uchrashuv Vashingtonda an’anaviy tarzda XVJ va Jahon banki boshqaruv organlarining yillik yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar jahon iqtisodiyoti va moliya sektorining ahvoli yuzasidan fikr almashdilar.