O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni aviaqatnovlar sonini oshirishga kelishib oldi
14:18 24.10.2024 (yangilandi: 14:55 24.10.2024)
© Agentstva “Uzaviatsiya” Proxodit meropriyatie IKAO ICAN2024, posvashennoe peregovoram po mejdunarodnomu vozdushnomu transportu
© Agentstva “Uzaviatsiya”
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Iordaniya va Kuvayt bilan ham kelishuvlar imzolashni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni 50 tagacha oshiriladi. Bu bo‘yicha kelishuv Malayziyada bo‘lib o‘tgan ICAN-2024 tadbirida imzolandi, deya xabar berdi “O‘zaviatsiya” agentligi.
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO)ga a’zo davlatlarning “Aviatsiya ma’muriyatlari” o‘rtasida xalqaro aviatashuvlar bo‘yicha kelishuvga erishish yuzasidan ICAN-2024 tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda 100 taga yaqin mamlakat o‘rtasida pandemiyadan so‘ng aviaqatnovlarni qayta tiklash hamda parvozlar geografiyasini oshirish, aviatsiya sohasini mamlakat iqtisodiyotining drayveriga aylantirish maqsadida muzokaralar olib borilmoqda.
“Dengizga chiqish imkoniyati cheklangan hamda uzoq masofalarga yo‘lovchi tashish bo‘yicha aviatsiya sohasi yagona transport turi sifatida qaraladigan O‘zbekiston uchun bu ulkan imkoniyat”, — deyiladi xabarda.
Tadbirda Saudiya Arabistoni hamda O‘zbekiston aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida aviaqatnovlar to‘g‘risidagi yangi bitim imzolandi.
© Agentstva “Uzaviatsiya” Proxodit meropriyatie IKAO ICAN2024, posvashennoe peregovoram po mejdunarodnomu vozdushnomu transportu
Proxodit meropriyatie IKAO ICAN2024, posvashennoe peregovoram po mejdunarodnomu vozdushnomu transportu
© Agentstva “Uzaviatsiya”
Bitimda quyidagilar nazarda tutilgan:
ikki davlat o‘rtasida haftalik muntazam aviaqatnovlarni 50 tagacha oshirish;
Umra ziyorati bo‘yicha yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish;
aviaqatnovlarda yangi tartibni joriy etish;
aviakompaniyalarning yo‘lovchilar oldida mas’uliyatini oshirish;
har ikki mamlakat aviakompaniyalarini charter parvozlarini amalga oshirishda to‘lanishi talab etiladigan royalti bojlaridan ozod etish.
“Mazkur bitim so‘nggi ikki yil davomida ikki mamlakat Transport vazirliklari hamda Tashqi ishlar vazirliklari tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtitsodiy hamkorlikni hamda transport logistikasini, shuningdek, O‘zbekistonda keng yo‘lga qo‘yilayotgan Ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Shu kunga qadar ikki mamlakat o‘rtasida aviaqatnovlar qisman muntazam va asosan charter asosida amalga oshirib kelingan.
Ta’kidlanishicha, tadbirda O‘zbekistonning Iordaniya va Kuvayt bilan ham kelishuvlar imzolashi rejalashtirilgan.