O‘zbekistonlik yunon-rum kurashchisi Alisher G‘aniyev JChda oltin medalga ega chiqdi

© NOK UzbekistanaV Albanii zavershilsya perviy den chempionata mira U23 po sportivnoy borbe.
V Albanii zavershilsya perviy den chempionata mira U23 po sportivnoy borbe. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2024
Obuna bo‘lish
Murosasiz bahs G‘aniyevning 8:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Albaniyada o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U23 yosh toifasidagi jahon chempionati o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchisi Alisher G‘aniyev oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Alisher G‘aniyev terma jamoaga ilk medalni (oltin) taqdim etdi.
“Yurtdoshimiz finalda neytral maqomdagi sportchi Dinislam Bammatovga qarshi gilamga chiqdi. Murosasiz bahs polvonimizning 8:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va G‘aniyev terma jamoamizga ilk medalni taqdim qildi”, — deyiladi xabarda.
Afsuski, saralashda imkoniyatni boy bergan Abror Atabayev (-72 kg) hamda Samandar Bobonazarov (-82 kg) medallar uchun kurashish imkoniyatini boy berishdi.
Yangiliklar lentasi
0