O‘zbekistonga qozog‘istonlik sayyohlar kelishi ko‘payadi — Turizm qo‘mitasi

© Komitet po turizmuTuristicheskiy potok iz sosednego Kazaxstana v Ferganu uvelichitsya
Turisticheskiy potok iz sosednego Kazaxstana v Ferganu uvelichitsya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2024
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston turizm va sport vaziri Farg‘ona viloyatiga keldi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston sayyohlar almashinuvini oshiradi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, Farg‘onaga qo‘shni Qozog‘istondan sayyohlar oqimi ko‘paytiriladi.
© Komitet po turizmuTuristicheskiy potok iz sosednego Kazaxstana v Ferganu uvelichitsya
Turisticheskiy potok iz sosednego Kazaxstana v Ferganu uvelichitsya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2024
Turisticheskiy potok iz sosednego Kazaxstana v Ferganu uvelichitsya
“Farg‘ona viloyatiga qozog‘istonlik sayyohlarning kirib kelishini ko‘paytirish maqsadadida ikki tomonlama qator loyihalar amalga oshiriladi. Bu borada Qozog‘iston turizm va sport vaziri Kayrat Sadvakasovning ushbu viloyatga tashrifi davomida kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Qozog‘iston delegatsiyasi vakillari Farg‘ona viloyatining turizm imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, Qo‘qon shahrining diqqatga sazovor joylari ziyorat qilindi, hududning turistik salohiyati yuqori baholandi.
Shuningdek, tashrif doirasida Farg‘ona viloyati bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi turizm sohasini rivojlantirish hamda ikki tomonlama sayyohlar almashinuvini oshirish bo‘yicha bir qancha muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-cyentabr oylarida jami 5,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Shulardan 1,1 mln nafari Qozog‘iston fuqarolari.
Yangiliklar lentasi
0