https://oz.sputniknews.uz/20241023/toshkent-nauka-0-festival-46279017.html
Toshkentda "NAUKA 0+" xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi
Toshkentda "NAUKA 0+" xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston OTMlarida turli yoshdagi fuqarolar orasida ilm-fanni ommalashtirishga bag‘ishlangan "NAUKA 0+" festivali bo‘lib o‘tadi. Unda yetakchi olimlar tomonidan... 23.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-23T18:09+0500
2024-10-23T18:09+0500
2024-10-23T18:09+0500
toshkent
moskva
moskva davlat universiteti (mgu)
ilm-fan
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/17/46279190_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_c75e4f158e5196e83f4d584336959ed2.jpg
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Toshkentda 2-3 noyabr kunlari "NAUKA 0+" xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi, uning bosh mavzusi - "Atrofimizdagi fan".NAUKA 0+ festivali Toshkent shahridagi Moskva davlat universiteti filiali, Toshkent politexnika muzeyi, Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiali, Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va boshqa ilmiy-ta’lim tashkilotlarida bo‘lib o‘tadi.Festival Alisher Usmonovning “San’at, fan va sport” xayriya fondi ko‘magida o‘tkazilmoqda.NAUKA 0+ festivali 2006-yildan beri Moskva davlat universiteti rektori V.A. Sadovnichiy tashabbusi bilan o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu tadbir ilm-fanni ommalashtirish sohasidagi dunyoda eng yirik ta’lim loyihalaridan biri hisoblanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/17/46279190_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_139d94fdd87d304a6227f029dc9de03e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, moskva, moskva davlat universiteti (mgu), ilm-fan
toshkent, moskva, moskva davlat universiteti (mgu), ilm-fan
Toshkentda "NAUKA 0+" xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston OTMlarida turli yoshdagi fuqarolar orasida ilm-fanni ommalashtirishga bag‘ishlangan "NAUKA 0+" festivali bo‘lib o‘tadi. Unda yetakchi olimlar tomonidan ma’ruzalar o‘qiladi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Toshkentda 2-3 noyabr kunlari "NAUKA 0+" xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi, uning bosh mavzusi - "Atrofimizdagi fan".
Tadbir doirasida ilmiy-ommabop ma’ruzalar, interaktiv ko‘rgazmalar, virtual laboratoriyalar, qiziqarli ilmiy chiqishlar, insoniyat kelajagi haqidagi munozaralar, filmlar namoyishi, robotlar tanlovi, viktorinalar, kvestlar va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi. Ilmiy-ommabop ma’ruzalar yetakchi olimlar tomonidan o‘qiladi.
NAUKA 0+ festivali Toshkent shahridagi Moskva davlat universiteti filiali, Toshkent politexnika muzeyi, Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiali, Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va boshqa ilmiy-ta’lim tashkilotlarida bo‘lib o‘tadi.
“Mehmondo‘st Toshkent ilm-fanni ommalashtirishga qaratilgan ushbu festivalning poytaxti bo‘lishi birinchi marta emas. Biz hamkasblarimiz – O‘zbekiston Respublikasi akademik jamoatchiligi vakillariga fan do‘stlari doirasini kengaytirish, yosh avlodni uning nuri bilan tanishtirish muhimligi haqidagi g‘oyamiz bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz", - deydi Moskva davlat universiteti rektori Sadovnichiy.
Festival Alisher Usmonovning “San’at, fan va sport” xayriya fondi ko‘magida o‘tkazilmoqda.
NAUKA 0+ festivali 2006-yildan beri Moskva davlat universiteti rektori V.A. Sadovnichiy tashabbusi bilan o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu tadbir ilm-fanni ommalashtirish sohasidagi dunyoda eng yirik ta’lim loyihalaridan biri hisoblanadi.