Qozonda BRIKS sammiti yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi — video

Obuna bo‘lish
BRIKS sammiti 22-oktabr kuni boshlandi va unda 36 davlat va olti xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. “Qozon Ekspo” ko‘rgazma markazida Rossiya prezidenti Vladimir Putin raisligida BRIKS sammitining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sammit tor doiradagi uchrashuv bilan boshlanib, keyin kengaytirilgan tarkibda davom etdi. Rossiya rahbari BRIKSning tor yig‘ilishida global muammolar va mintaqaviy mojarolarni muhokama qilishni taklif qildi.
BRIKS sammiti 22-oktabr kuni boshlandi va unda 36 ta davlat va olti xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etmoqda.
Sammit teng huquqli global rivojlanish va xavfsizlik uchun ko‘p tomonlama munosabatlarni mustahkamlash shiori ostida o‘tkazilayotgan Rossiya Federatsiyasining birlashmaga raisligi doirasidagi yakuniy tadbir bo‘ladi.
BRIKS - 2006-yilda Rossiya, Xitoy, Hindiston va Braziliya tomonidan tuzilgan davlatlararo birlashma. Unga 2011-yilda Janubiy Afrika Respublikasi qo‘shilgan. Rossiya 2024-yil 1-yanvardan buyon tashkilotga raislik qilmoqda. 2024-yil boshida Misr, Efiopiya, Eron, BAA va Saudiya Arabistoni BRIKSga a’zo bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 23-24 oktabr kunlari BRIKS birlashmasi davlatlarining sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0