Putin: BRIKS davlatlari aslida dunyodagi vaziyat uchun mas’uliyatni ko‘rsatmoqda
© Fotoxost-agentstvo brics-russia2024.ru / Mediabankka o‘tishXVI sammit BRIKS. Zasedanie glav delegatsiy stran BRIKS v uzkom sostave
© Fotoxost-agentstvo brics-russia2024.ru
/ Obuna bo‘lish
Qozonda Rossiya Federatsiyasi prezidenti raisligida tor doiradagi BRIKS sammitining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. BRIKS davlatlari so‘zda emas, balki amalda dunyodagi vaziyat uchun mas’uliyatni ko‘rsatmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin BRIKS sammitining tor doiradagi yig‘ilishida ma’lum qildi.
"BRIKS davlatlari so‘zda emas, balki amalda dunyodagi vaziyat uchun mas’uliyatni ko‘rsatmoqda", — dedi u.
Putin, shuningdek, Rossiya BRIKSning jahondagi nufuzini mustahkamlashga intilayotganini hamda global va mahalliy muammolarni hal qilishga e’tibor qaratishini ta’kidladi.
“Biz BRIKS nufuzini mustahkamlashga, uning jahon ishlarida, dolzarb global va mintaqaviy muammolarni hal qilishdagi rolini oshirishga intildik”, — dedi Rossiya rahbari.
Putin Rossiya BRIKSga raislik qilgan davrda birlashmaga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikning uchta asosiy yo‘nalishi bo‘yicha ishlaganini ham eslatdi.
“Biz BRIKS nufuzini mustahkamlashga, uning jahon ishlarida, dolzarb global va mintaqaviy muammolarni hal etishdagi rolini oshirishga intildik va davlatlarimizning uchta asosiy yo‘nalishda ko‘p qirrali hamkorligini chuqurlashtirishga har tomonlama hissa qo‘shdik: siyosat va xavfsizlik, iqtisod va moliya, madaniy-gumanitar aloqalarda”, — dedi Rossiya prezidenti.
Uning ta’kidlashicha, yangi mamlakatlarning BRIKS faoliyatiga muammosiz va to‘liq integratsiyalashuvini ta’minlash uchun ko‘p ishlar qilinmoqda.
BRIKSning kengayishi haqida gapirar ekan, Rossiya rahbari Global Janub va Sharq davlatlarining birlashishga bo‘lgan misli ko‘rilmagan qiziqishini e’tiborsiz qoldirish noto‘g‘ri ekanligini ta’kidladi.
“Albatta, BRIKS bilan aloqalarni mustahkamlashda Global Janub va Sharq davlatlarining misli ko‘rilmagan qiziqishini e’tiborsiz qoldirish noto‘g‘ri bo‘lar edi. 30 dan ortiq davlatlar allaqachon u yoki bu shaklda bu istagini bildirgan. Shu bilan birga, muvozanatni saqlash va BRIKS samaradorligining pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak”, — dedi Putin.
Rossiya rahbarining boshqa bayonotlari:
Biz barchamiz BRIKSning jadal rivojlanishi, uning nufuzi va dunyo ishlaridagi ta’siri kuchayib borayotganiga guvohmiz.
BRIKS mamlakatlari ulkan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va demografik salohiyatga ega.
BRIKS tarkibiga hamfikr odamlar, turli qit’alarni ifodalovchi suveren davlatlar, rivojlanish modellari, dinlar, o‘ziga xos sivilizatsiyalar va madaniyatlar kiradi.
Rossiya Federatsiyasi rahbari, shuningdek, BRIKSga a’zo barcha davlatlar tenglik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikning yuksak g‘oyalarini qaror toptirish, umuminsoniy barqarorlikva farovonlik tarafdori ekanini qo‘shimcha qildi.
Sammit davomida delegatsiyalar rahbarlari global kun tartibining eng dolzarb jihatlarini muhokama qilishadi, BRIKS davlatlarining xalqaro maydondagi hamkorligi, jumladan, o‘tkir mintaqaviy mojarolarni hal etish masalalari yuzasidan fikr almashishadi. Bundan tashqari, gap birlashma doirasidagi keyingi moliyaviy hamkorlik kontekstida yuzaga kelgan vaziyat haqida bormoqda.