Mirziyoyev BRIKS mamlakatlari sammitida ishtirok etadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev huzurida joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2025-yil uchun mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2025-yil uchun mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2024
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari Rossiya tomoni raisligida o‘tkaziladigan "BRIKS plyus" formatidagi yalpi sessiyada nutq so‘zlaydi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 23-24 oktabr kunlari BRIKS birlashmasi davlatlarining sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida bo‘ladi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbari Rossiya tomoni raisligida o‘tkaziladigan "BRIKS plyus" formatidagi yalpi sessiyada nutq so‘zlaydi.
Uchrashuv kun tartibidan inklyuziv va barqaror taraqqiyotni ta’minlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Shuningdek, global siyosatning dolzarb jihatlari muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, tashrif dasturida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
BRIKS birlashmasi 2006-yilda tashkil etilgan. Hozirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr va Efiopiya uning a’zolaridir.
BRIKS ot pati stran do globalnogo partnerstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2024
O‘zbekiston va YeOII
Kelajak poydevori: BRIKS nima va u O‘zbekistonga nimasi bilan qiziq?
Yangiliklar lentasi
0