https://oz.sputniknews.uz/20241023/bukhara-oqituvchilar-rus-tili-forum-46278762.html
Buxoroda o‘qituvchilar ishtirokida rus tilini o‘qitishga bag‘ishlangan forum o‘tkaziladi
Buxoroda o‘qituvchilar ishtirokida rus tilini o‘qitishga bag‘ishlangan forum o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Uch mamlakat o‘qituvchilari Buxorodagi forumda rus tilini o‘qitish masalasini muhokama qiladi. 23.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-23T16:45+0500
2024-10-23T16:45+0500
2024-10-23T16:45+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
tojikiston
buxoro
forum
maktab
o‘qituvchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/14/20980211_0:719:2016:1853_1920x0_80_0_0_7f5ea2adae38cb0a4e49ada95afb0937.jpg
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikistonda maktab rahbarlari, rus tili va rus tili fanlari o‘qituvchilari forumi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi tadbir tashkilotchilari Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.Forum shu yilning 28-30 oktabr kunlari Buxorodagi Buxoro innovatsiyalar universiteti bazasida va 5-7 noyabr kunlari esa Dushanbedagi Rossiya-Tojikiston Slavan universiteti bazasida tashkil etiladi.Tadbir O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiyadagi maktab direktorlari, ularning o‘rinbosarlari, maktab o‘qituvchilarini birlashtiradi. Bundan maqsad — ta’lim tashkilotlarini boshqarishda ilg‘or tajriba almashish hamda rus tili va rus tilidagi fanlarni o‘qitish bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama qilish.Forum uch yo‘nalishda ishlaydi: rus tili o‘qituvchilari va fan o‘qituvchilari kasbiy faoliyatining uslubiy jihatlari.Forum ishtirokchilari mahorat darslari, davra suhbatlari, uslubiy treninglar qatnashishadi, unda ta’lim tashkilotlari faoliyatini samarali boshqarish, o‘zbek maktab o‘quvchilariga rus tili va rus tili fanlarini o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari muhokama qilinadi, muammoli yo‘nalishlar va ularni hal etish yo‘llari aniqlanadi.Shuningdek, O‘zbekiston va Tojikiston maktablari rahbarlari va o‘rinbosarlari uchun masofaviy formatda bepul malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Bunday kurslar rus tili va rus tili fanlari o‘qituvchilari uchun ham o‘tkaziladi.Tadbir Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, xorijdagi vatandoshlar va xalqaro gumanitar hamkorlik bo‘yicha Federal agentlik ko‘magida Rossiya xalqlar do‘stligi universitetining Rus tili instituti tomonidan tashkil etilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20240526/ozbekiston-rus-tili-44052616.html
o‘zbekiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/14/20980211_0:530:2016:2042_1920x0_80_0_0_85a67b81160eb4a076ebf2ce6698a6bc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, tojikiston, buxoro, forum, maktab, o‘qituvchilar
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, tojikiston, buxoro, forum, maktab, o‘qituvchilar
Buxoroda o‘qituvchilar ishtirokida rus tilini o‘qitishga bag‘ishlangan forum o‘tkaziladi
Uch mamlakat o‘qituvchilari Buxorodagi forumda rus tilini o‘qitish masalasini muhokama qiladi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikistonda maktab rahbarlari, rus tili va rus tili fanlari o‘qituvchilari forumi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi tadbir tashkilotchilari Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.
Forum shu yilning 28-30 oktabr kunlari Buxorodagi Buxoro innovatsiyalar universiteti bazasida va 5-7 noyabr kunlari esa Dushanbedagi Rossiya-Tojikiston Slavan universiteti bazasida tashkil etiladi.
Tadbir O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiyadagi maktab direktorlari, ularning o‘rinbosarlari, maktab o‘qituvchilarini birlashtiradi. Bundan maqsad — ta’lim tashkilotlarini boshqarishda ilg‘or tajriba almashish hamda rus tili va rus tilidagi fanlarni o‘qitish bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama qilish.
Forum uch yo‘nalishda ishlaydi: rus tili o‘qituvchilari va fan o‘qituvchilari kasbiy faoliyatining uslubiy jihatlari.
Forum ishtirokchilari mahorat darslari, davra suhbatlari, uslubiy treninglar qatnashishadi, unda ta’lim tashkilotlari faoliyatini samarali boshqarish, o‘zbek maktab o‘quvchilariga rus tili va rus tili fanlarini o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari muhokama qilinadi, muammoli yo‘nalishlar va ularni hal etish yo‘llari aniqlanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Tojikiston maktablari rahbarlari va o‘rinbosarlari uchun masofaviy formatda bepul malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Bunday kurslar rus tili va rus tili fanlari o‘qituvchilari uchun ham o‘tkaziladi.
Tadbir Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, xorijdagi vatandoshlar va xalqaro gumanitar hamkorlik bo‘yicha Federal agentlik ko‘magida Rossiya xalqlar do‘stligi universitetining Rus tili instituti tomonidan tashkil etilmoqda.