https://oz.sputniknews.uz/20241021/uzbekistan-ryazan-madaniyat-46224618.html
“Serquyosh O‘zbekistondan salom” — Razan aholisi o‘zbek madaniyati bilan tanishdi
“Serquyosh O‘zbekistondan salom” — Razan aholisi o‘zbek madaniyati bilan tanishdi
Sputnik O‘zbekiston
Razan shahrida “Serquyosh yurtdan salom! O‘zbekiston!” nomli ma’rifiy-ko‘ngilochar tadbir o‘tkazildi. 21.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-21T13:20+0500
2024-10-21T13:20+0500
2024-10-21T13:20+0500
madaniyat
o‘zbekiston
rossiya
konsert
o‘zbekiston - rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/15/46229098_0:64:1280:784_1920x0_80_0_0_c76f29d712315faa2fec63fbe535aa33.jpg
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Rossiyaning Razan shahri aholisi o‘zbek madaniyati bilan tanishdi, deya xabar berdi Razan shahri "Olmos" o‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi Sputnik O‘zbekistonga. Razan shahridagi “Oktabr” madaniyat va dam olish markazida “Serquyosh yurtdan salom! O‘zbekiston!” nomli ma’rifiy-ko‘ngilochar tadbir o‘tkazildi. Tadbir Razan viloyatida o‘zbek xalqi madaniyatini tanishtirish, fuqarolik birligini mustahkamlash va millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan “EtnoGraniRazani” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Qayd etilishicha, tadbirda 400 nafarga yaqin tomoshabin ishtirok etdi. Madaniyat muassasasida milliy liboslarda suratga tushish uchun fotoburchak tashkil etildi, shuningdek, Gorkiy nomidagi viloyat kutubxonasining “Olam va men” bo‘limidagi kitoblar ko‘rgazmasi va Valeriy Plaxotniyning rus va o‘zbek xalqlari madaniyatlarining o‘zaro kirib borishi va yerga ekologik yondashuv stendiga bag‘ishlangan badiiy plakatlar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Konsert dasturidan Aleksandra Vereshaginaning bolalar teatr studiyasining “masqarabozlar” va Buxorodagi Xo‘ja Nasriddin yodgorligi haqida Razan aholisining she’riy flesh-mobi joy oldi. 50-maktab o‘quvchilari esa O‘zbekiston haqidagi bilimlari bilan o‘rtoqlashishdi. Tomoshabinlar, shuningdek, O‘zbekistonning qadimiy shaharlari bo‘ylab virtual sayohat qilib, atoqli olim Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligi munosabati bilan uning hayotidagi yorqin voqealar haqidagi videoni tomosha qilishdi. Qolaversa, dizaynerlar Albina Yamansarina va Svetlana Korenevaning etnik uslubdagi liboslari kolleksiyasini ham taqdim etdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/15/46229098_76:0:1205:847_1920x0_80_0_0_265e0e24a8f47f502192676c591dc27d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, o‘zbekiston, rossiya, konsert, o‘zbekiston - rossiya
madaniyat, o‘zbekiston, rossiya, konsert, o‘zbekiston - rossiya
“Serquyosh O‘zbekistondan salom” — Razan aholisi o‘zbek madaniyati bilan tanishdi
Eksklyuziv
Razan shahrida “Serquyosh yurtdan salom! O‘zbekiston!” nomli ma’rifiy-ko‘ngilochar tadbir o‘tkazildi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Rossiyaning Razan shahri aholisi o‘zbek madaniyati bilan tanishdi, deya xabar berdi Razan shahri "Olmos" o‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi Sputnik O‘zbekistonga.
Razan shahridagi “Oktabr” madaniyat va dam olish markazida “Serquyosh yurtdan salom! O‘zbekiston!” nomli ma’rifiy-ko‘ngilochar tadbir o‘tkazildi. Tadbir Razan viloyatida o‘zbek xalqi madaniyatini tanishtirish, fuqarolik birligini mustahkamlash va millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan “EtnoGraniRazani” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, tadbirda 400 nafarga yaqin tomoshabin ishtirok etdi.
Madaniyat muassasasida milliy liboslarda suratga tushish uchun fotoburchak tashkil etildi, shuningdek, Gorkiy nomidagi viloyat kutubxonasining “Olam va men” bo‘limidagi kitoblar ko‘rgazmasi va Valeriy Plaxotniyning rus va o‘zbek xalqlari madaniyatlarining o‘zaro kirib borishi va yerga ekologik yondashuv stendiga bag‘ishlangan badiiy plakatlar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Konsert dasturidan Aleksandra Vereshaginaning bolalar teatr studiyasining “masqarabozlar” va Buxorodagi Xo‘ja Nasriddin yodgorligi haqida Razan aholisining she’riy flesh-mobi joy oldi. 50-maktab o‘quvchilari esa O‘zbekiston haqidagi bilimlari bilan o‘rtoqlashishdi.
Tomoshabinlar, shuningdek, O‘zbekistonning qadimiy shaharlari bo‘ylab virtual sayohat qilib, atoqli olim Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligi munosabati bilan uning hayotidagi yorqin voqealar haqidagi videoni tomosha qilishdi.
Qolaversa, dizaynerlar Albina Yamansarina va Svetlana Korenevaning etnik uslubdagi liboslari kolleksiyasini ham taqdim etdi.