Rossiya OTM filiallarining O‘zbekistondagi birinchi universiadasi bo‘lib o‘tdi

© Russkiy dom v TashkentePervaya universiada sredi filialov rossiyskix vuzov na priz predstavitelstva Rossotrudnichestva v Respublike Uzbekistan
Pervaya universiada sredi filialov rossiyskix vuzov na priz predstavitelstva Rossotrudnichestva v Respublike Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2024
Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tgan Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallari o‘rtasidagi birinchi Universiada g‘oliblari aniqlandi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallarining O‘zbekistondagi birinchi Universiada g‘oliblari aniqlandi, deya xabar berdi Rossotrudnichestva matbuot xizmati.
Moskva energetika instituti (MEI)ning Toshkent shahridagi filialida Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi sovrini uchun Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallari o‘rtasidagi birinchi Universiada yakunlandi.
© Russkiy dom v TashkentePervaya universiada sredi filialov rossiyskix vuzov na priz predstavitelstva Rossotrudnichestva v Respublike Uzbekistan
Pervaya universiada sredi filialov rossiyskix vuzov na priz predstavitelstva Rossotrudnichestva v Respublike Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2024
Pervaya universiada sredi filialov rossiyskix vuzov na priz predstavitelstva Rossotrudnichestva v Respublike Uzbekistan
Unda erkaklar basketboli, erkaklar va ayollar stol tennisi va voleybol bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Demak, Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali basketbol musobaqasida g‘olib chiqqan bo‘lsa, stol tennisi musobaqasida Moskva davlat xalqaro munosabatlar universitetining (MGIMO) Toshkent filiali va MEIning Toshkentdagi filiali talabalari yetakchi bo‘ldi.
Qizlar o‘rtasidagi voleybol musobaqasida MEIning Toshkentdagi filiali talabalari g‘olib deb topildi. Yoshlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha g‘oliblik I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filialiga nasib etdi.
Futbol bo‘yicha birinchilikni MEIning Toshkentdagi filiali qo‘lga kiritdi.
Yangiliklar lentasi
0