Ona tilimizni har qancha ulug‘lasak arziydi — Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey investitsionnix proyektov po pererabotke bitovix otxodov, proizvodstvu elektroenergii i produksii iz nix.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey investitsionnix proyektov po pererabotke bitovix otxodov, proizvodstvu elektroenergii i produksii iz nix. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbek tilini axborot texnologiyalari sohasidagi yirik dasturlar tili qatoriga kiritiladi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Qadimiy tariximizning eng og‘ir va sinovli davrlarida ham bizni yagona xalq sifatida birlashtirib, azaliy qadriyatlarimizni asrlar osha bezavol saqlab kelayotgan ona tilimizni har qancha ardoqlasak, ulug‘lasak arziydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan bayram tabrigida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, keyingi yillarda ko‘plab idoraviy hujjatlar davlat tiliga o‘tkazildi, 100 mingdan ortiq geografik obyektning nomi davlat reyestriga kiritildi. Hududlardagi 150 mingdan ziyod tashqi yozuvlar davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirildi.
O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 58 nomdagi qomus, lug‘at va qo‘llanmalar ko‘p ming nusxalarda chop etildi.
O‘zbekcha matnlarni sun’iy intellekt yordamida qayta ishlash va o‘zbek tilida muloqot qilishga mo‘ljallangan “aqlli” dastur ishlab chiqilib, “O‘zbek tili izohli lug‘ati”ning veb-sayti yaratildi.
Ayni paytda o‘zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish, ularni lotin va kirill yozuviga o‘girish va so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini ko‘rsatishga mo‘ljallangan elektron dasturlar ham amaliyotda faol qo‘llanmoqda.
“2025 yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanishi ona tilimiz fidoyilarining sharafli mehnatini rag‘batlantirishga xizmat qilishi shubhasiz”, — deyiladi tabrik matnida.
Ta’kidlanishicha, “Vikipediya” xalqaro internet ensiklopediyasidagi o‘zbekcha ma’lumotlar hajmi keskin ko‘payib, davlat tilida e’lon qilinayotgan maqolalar hajmi bo‘yicha O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi mamlakatga aylangan.
“Shu o‘rinda bag‘rikeng diyorimizda ahil-inoq yashab kelayotgan 130 dan ziyod millat va elat vakillarining tili, an’ana va qadriyatlarini asrab-avaylash bo‘yicha ham muhim ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlamoqchiman. Jumladan, respublikamiz maktablarida ta’lim-tarbiya jarayoni 7 ta tilda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 160 ga yaqin milliy madaniy markaz hamda qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillaridagi ommaviy axborot vositalari faoliyat ko‘rsatmoqda”, — dedi prezident.
Tabrikka ko‘ra, o‘zbek tilining beqiyos imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, uning jahon miqyosida nufuzi va jozibadorligini oshirish uchun hali ko‘plab vazifalar bor.
“Avvalo, yuksak taraqqiy etgan demokratik davlatlarda bo‘lgani kabi davlat tili butun jamiyatni, tili va millatidan qat’i nazar, barcha fuqarolarni yagona xalq sifatida birlashtirishga xizmat qilishi zarur. Bu borada har qanday xalq uchun o‘ta hassos va ta’sirchan bo‘lgan til masalasida ortiqcha ehtiros va hissiyotlarga berilmasdan, uzoqni o‘ylab, vazminlik bilan ish tutish kerakligini hammamiz yaxshi anglaymiz. Zero, davlat tili faqatgina soha mutaxassislarining emas, balki ko‘pmillatli butun xalqimizning birgalikdagi sa’y-harakatlari, aql-zakovati, ma’naviy-ma’rifiy salohiyati, vatanparvarlik fazilatlari bilan ravnaq topadi”, — deya qayd etdi prezident.
Qayd etilishicha, raqamli makonda davlat tilini keng joriy etishga mo‘ljallangan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, o‘zbek tilini axborot texnologiyalari sohasidagi yirik dasturlar tili qatoriga kiritish choralarini ko‘rish ham dolzarb vazifa bo‘lib qoladi.
V muzee literaturi imeni Alishera Navoi otmetili den uzbekskogo yazika. V meropriyatii prinyala uchastie uchashayasya molodej.   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2024
Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyida O‘zbek tili kuni nishonlandi
Yangiliklar lentasi
0