https://oz.sputniknews.uz/20241020/xavf-oziq-ovqatlar-46210848.html
Go‘sht, margarin va qadoqlangan taomlar: xavfli bo‘lgan oziq-ovqatlar ro‘yxati e’lon qilindi
Go‘sht, margarin va qadoqlangan taomlar: xavfli bo‘lgan oziq-ovqatlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
JSSTga ko‘ra, qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari onkologik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. 20.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-20T13:29+0500
2024-10-20T13:29+0500
2024-10-21T10:48+0500
jamiyat
dunyo yangiliklari
dunyoda
jsst
oziq-ovqat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/18/45810325_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_65c86d42076b95dca965809d87958ec3.jpg
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) salomatlik uchun xavfli bo‘lgan besh turdagi oziq-ovqatlar ro‘yxatini e’lon qildi, deya xabar berdi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi.Ro‘yxatga qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari kiritilgan. Unga ko‘ra, kolbasa, dudlangan mol go‘shti, sosiska va shu singari qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari onkologik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.Tashkilotning ma’lum qilishicha, kuniga atigi 50 gramm miqdorida shunday yeguliklarni iste’mol qilish yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanish xavfini 18 foizga oshiradi.Transog‘lar va margarinJSST transog‘larni ovqatlanish ratsionidan butunlay chiqarib tashlash tarafdori. Qayd etilishicha, dunyo bo‘ylab 5 milliardga yaqin odam shunday zararli mahsulotlardan himoyalanmagan. Bu esa yurak xastaliklari va o‘lim xavfini oshiradi. Ayniqsa, margarin eng zararli yog‘lardan biri hisoblanadi.Qovurilgan yeguliklarTamaddixonalarda qayta-qayta ishlatiladigan yog‘ sog‘lik uchun katta ziyon keltiradi. O‘z navbatida, qizartirib qovurilgan yeguliklar turli xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi.Shakar va uning o‘rnini bosuvchi mahsulotlarShakarning meyordan ko‘p miqdori jigarni zo‘riqtiradi va qator xastaliklarga chalinish ehtimolini oshiradi. Shu bois JSST tavsiyasiga ko‘ra, kunlik shakar iste’moli 25 grammdan oshmasligi kerak.Konservalangan va qadoqlangan taomlarBunday yeguliklar tarkibida ularni saqlash muddatini uzaytirishga xizmat qiluvchi zararli qo‘shimchalar mavjud. Masalan, kartoshka chipslaridagi natriy glutamat organizmni xuddi chekish bilan bir xil darajada zaharlaydi.Qolaversa, mutaxassislar tarkibida xuddi shu modda bo‘lgan ziravor bo‘laklari sog‘liqda jiddiy muammolarni yuzaga keltirish ehtimoli katta.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/18/45810325_74:0:1274:900_1920x0_80_0_0_efbe8309bb660f98641dc223e7555059.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, dunyo yangiliklari, dunyoda, jsst, oziq-ovqat
jamiyat, dunyo yangiliklari, dunyoda, jsst, oziq-ovqat
Go‘sht, margarin va qadoqlangan taomlar: xavfli bo‘lgan oziq-ovqatlar ro‘yxati e’lon qilindi
13:29 20.10.2024 (yangilandi: 10:48 21.10.2024) JSSTga ko‘ra, qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari onkologik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) salomatlik uchun xavfli bo‘lgan besh turdagi oziq-ovqatlar ro‘yxatini e’lon qildi, deya xabar berdi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Ro‘yxatga qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari kiritilgan. Unga ko‘ra, kolbasa, dudlangan mol go‘shti, sosiska va shu singari qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari onkologik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Tashkilotning ma’lum qilishicha, kuniga atigi 50 gramm miqdorida shunday yeguliklarni iste’mol qilish yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanish xavfini 18 foizga oshiradi.
JSST transog‘larni ovqatlanish ratsionidan butunlay chiqarib tashlash tarafdori. Qayd etilishicha, dunyo bo‘ylab 5 milliardga yaqin odam shunday zararli mahsulotlardan himoyalanmagan. Bu esa yurak xastaliklari va o‘lim xavfini oshiradi. Ayniqsa, margarin eng zararli yog‘lardan biri hisoblanadi.
Tamaddixonalarda qayta-qayta ishlatiladigan yog‘ sog‘lik uchun katta ziyon keltiradi. O‘z navbatida, qizartirib qovurilgan yeguliklar turli xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Shakar va uning o‘rnini bosuvchi mahsulotlar
Shakarning meyordan ko‘p miqdori jigarni zo‘riqtiradi va qator xastaliklarga chalinish ehtimolini oshiradi. Shu bois JSST tavsiyasiga ko‘ra, kunlik shakar iste’moli 25 grammdan oshmasligi kerak.
Konservalangan va qadoqlangan taomlar
Bunday yeguliklar tarkibida ularni saqlash muddatini uzaytirishga xizmat qiluvchi zararli qo‘shimchalar mavjud. Masalan, kartoshka chipslaridagi natriy glutamat organizmni xuddi chekish bilan bir xil darajada zaharlaydi.
Qolaversa, mutaxassislar tarkibida xuddi shu modda bo‘lgan ziravor bo‘laklari sog‘liqda jiddiy muammolarni yuzaga keltirish ehtimoli katta.