BRIKSning qaysi davlatlari eng yirik oltin zaxiralariga ega?

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishProizvodstvo zolotix slitkov na zavode "Krassvetmet"
Proizvodstvo zolotix slitkov na zavode Krassvetmet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2024
Obuna bo‘lish
BRIKS mamlakatlari jahon oltin zaxiralarining 20 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Jahon oltin zaxiralarining 20% ​​dan ortig‘i BRIKS mamlakatlariga to‘g‘ri keladi, ular orasida Rossiya va Xitoy yetakchi. Bu haqda RIA Novosti Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Shunday qilib, 2024-yilning ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra oltin zaxiralarining jahon umumiy hajmi 29,03 ming tonnani tashkil etdi.
Ularning 6,2 ming tonnasi yoki 21,4% ulushi BRIKS mamlakatlariga to‘g‘ri keldi, Eron va Efiopiya bundan mustasno, ular o‘z ma’lumotlarini oshkor etmagan.
Eng ko‘p oltin zaxirasi Rossiyaga tegishli – 2,34 ming tonna. Bu butun jahon zaxiralarining 8,1 foizini va BRIKS zaxiralarining 37,6 foizini tashkil qiladi. Xitoyda bir oz kamroq - 2,26 ming tonna, u dunyoda 7,8% va o‘nta mamlakat ittifoqida 36,4% ni egalladi.
Dunyo oltin zaxiralarining uch foizdan kamrog‘i BRIKSning boshqa a’zolari – Hindiston, Saudiya Arabistoni, Braziliya, Misr, Janubiy Afrika va BAA ulushlariga to‘g‘ri keldi.
Shunday qilib, joriy yilning ikkinchi choragida Hindiston zaxiralari 840,76 tonnaga (BRIKSdagi ulushi - 13,5 foiz), Saudiya Arabistoni - 323 tonna (5,2 foiz), Braziliya - 129,7 tonna (2,1 foiz), Misr - 126,57 tonna (2,03 foiz), Janubiy Afrika - 125,44 tonna (2,02%) va BAA - 74,5 tonna (1,2%) ga yetdi.
Shu bilan birga, dunyoning barcha mamlakatlari orasida AQSh eng katta oltin zaxiralariga ega - 8,1 ming tonna yoki butun jahon zaxiralarining deyarli uchdan bir qismi. Keyingi o‘rinlarda Germaniya – 3,35 ming tonna (11,6 foiz), Italiya – 2,45 ming tonna (8,5 foiz) va Fransiya – 2,44 ming tonna (8,4 foiz) va Rossiya yetakchi beshlikni yakunladi.
Yangiliklar lentasi
0