Putin BRICS biznes-forumida nutq so‘zladi

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tishDelovoy forum BRIKS
Delovoy forum BRIKS  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2024
Obuna bo‘lish
Moskvada 17-18 oktabr kunlari BRIKS davlatlari ishbilarmonlari va moliya tashkilotlari ishtirokida BRIKS biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Moskvada bo‘lib o‘tayotgan BRIKS biznes-forumida so‘zga chiqdi.
Rossiya prezidenti nutqidan asosiy fikrlar:
BRIKS mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti G7 mamlakatlari ko‘rsatkichlaridan ishonchli ravishda oshib bormoqda.
2024 yil oxirida BRIKS mamlakatlari YaIMning o‘rtacha o‘sish sur’ati 4% bo‘lishi prognoz qilinmoqda, bu jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori.
BRIKS davlatlari kompaniyalari muvaffaqiyatli hamkorlik qilib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda.
Rossiya yangi a’zolarning BRIKS mexanizmlariga integratsiyasini osonlashtirishga harakat qiladi.
BRIKS jahon iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydi, va kelajakda bu rol o‘sib boradi.
BRIKS davlatlarining iqtisodiy o‘sishi tashqi ta’sirga kamroq bog‘liq bo‘ladi.
BRIKSning yangi taraqqiyot banki G‘arb rivojlanish mexanizmlariga muqobil hisoblanadi.
Rossiya transport oqimlarini ishonchli xorijiy hamkorlarga o‘tkazmoqda.
Rossiya BRIKS mamlakatlari bilan innovatsiyalar va raqamli iqtisodiyot sohasida yaqindan hamkorlik qiladi.

Rossiyaning BRIKSda raislik yili

Rossiya 2024-yilda BRIKS raisi sifatida, yangi ishtirokchilarning integratsiyalashuviga yordam bermoqda. Shuningdek, tashkilot doirasida iqtisodiyot va moliya, siyosat va xavfsizlik, madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha mazmunli chora-tadbirlar rejasi amalga oshirmoqda.

Qozondagi 22-24 oktabr kunlari BRIKS sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda 33 ta davlat ishtirok etadi, ulardan 24 tasi — davlat rahbarlari darajasida.
Yangiliklar lentasi
0