Xalqaro yo‘llarimiz eng yuqori talablarga javob berishi shart — Mirziyoyev
09:33 17.10.2024 (yangilandi: 09:53 17.10.2024)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaRassmotreni vajnie zadachi v dorojnom stroitelstve
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon oralig‘idagi pulli yo‘l loyihalari jadallashtirishtiriladi.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Andijon bilan Qo‘ng‘irotni, Termiz bilan Toshkentni bog‘laydigan jami 4 ming kilometrlik xalqaro yo‘llar eng yuqori talablarga javob berishi shart. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘l xo‘jaligi sohasida qilingan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimotda ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yangi qurilgan yo‘llarning ekspluatatsiya muddati 15-20 yil bo‘ladi. Ularning holati 42 ta turdagi ko‘rsatkich bo‘yicha tekshirib boriladi.
Taqdimotda sohadagi loyihalar va rejalar haqida axborot berildi:
Birlashgan Millatlar Tashkilotining tahliliga ko‘ra, sifatli yo‘llar O‘zbekiston iqtisodiyotining kamida 2 foiz o‘sishiga turtki beradi;
bugungi kunda xalqaro moliya tashkilotlari bilan 729 kilometr yo‘lni rekonstruksiya qilish bo‘yicha 6 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Jumladan, yaqin kunlarda “Qo‘ng‘irot-Beynau” yo‘nalishidagi 240 kilometr yo‘l foydalanishga topshiriladi;
Guliston – Andijon, Dushanbe – Termiz, Buxoro – Turkmanboshi, Urganch – Hazorasp yo‘llarining muayan qismlari qayta quriladi;
sohaga xususiy sektor vakillari ham keng jalb qilinmoqda;
hududlardagi jami 260 kilometr yo‘llarning ekspluatatsiyasi autsorsing asosida tadbirkorlarga berildi;
Osiyo taraqqiyot banki loyihasi doirasida 841 kilometr yo‘l qurilishida ilk bor to‘liq mahalliy pudratchilar qatnashishiga kelishildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaRassmotreni vajnie zadachi v dorojnom stroitelstve
Rassmotreni vajnie zadachi v dorojnom stroitelstve
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“O‘zbekistonning geografik joylashuvini e’tiborga olsak, tashqi savdoda xalqaro yo‘llarning ahamiyati juda katta. Shu bois Andijon bilan Qo‘ng‘irotni, Termiz bilan Toshkentni bog‘laydigan jami 4 ming kilometrlik xalqaro yo‘llarimiz eng yuqori talablarga javob berishi shart", — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon oralig‘idagi pulli yo‘l loyihalarini jadallashtirish, ularni qatnov darajasi yuqori bo‘lgan uchastkalarda qurish zarurligi qayd etildi. Bunday hollarda muqobil bepul yo‘l mavjud bo‘lishi alohida qonun bilan belgilanadi.
Bugungi kunda 4 ming 700 ta ko‘prik ta’mirtalab holatda. Uch yillik dastur ishlab chiqib, ularni bosqichma-bosqich ta’mirlash vazifasi qo‘yildi.
“Hududlarda yo‘l bo‘yi infratuzilmasi rivojlantirilib, savdo va xizmatlar tashkil qilinmoqda. Taqdimotda aytilganidek, bunga qo‘shimcha qariyb 4 ming kilometrlik xalqaro avtomagistrallarda 70 ta servis majmuasi barpo etiladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Yo‘l va suv tarmoqlari kabi infratuzilmaviy loyihalarda xalqaro moliya institutlari bilan yaqindan ishlash, xorijiy konsultantlarni jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.