Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Anons: global geosiyosiy o‘zgarishlar sharoitida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi ko‘rib chiqiladi

© Sputnik / Baxrom XatamovPress-sentr Sputnik Uzbekistan
Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2024
Obuna bo‘lish
Ertaga Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkaziladi.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Ertaga, 18-oktabr kuni, soat 17:00 da Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “Katta Yevroosiyo: Rossiya va O‘zbekiston yangi geosiyosat sharoitida” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar: Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti Strategik tadqiqotlar va prognozlar instituti direktori Dmitriy Yegorchenkov, Rossiya Fanlar akademiyasi Ijtimoiy fanlar ilmiy axborot institutining Yaqin va postsovet Sharqi bo‘limi boshlig‘i Vladimir Avatkov.
Ko‘rib chiqiladigan masalalar:
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik qaysi sohalarda eng muvaffaqiyatli rivojlanmoqda?
Global geosiyosiy o‘zgarishlar Rossiyaning Markaziy Osiyodagi siyosatiga qanday ta’sir qiladi?
Rossiyaning mintaqadagi siyosatini rivojlantirishning asosiy ssenariylari qanday?
Rossiya YeOII, KXShT va MDH integratsiya loyihalarida qanday rol o‘ynaydi?
Jurnalistlar ishtirok etishga taklif qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun telefon raqami va Telegram manzili: +998971907178, @alisherakimbaev.
Yangiliklar lentasi
0