https://oz.sputniknews.uz/20241016/parlament-saylovlari-milliy-gvardiya-saylov-uchastkalariga-tashvish-tugmalarini-ornatdi-46146323.html
Parlament saylovlari: Milliy gvardiya saylov uchastkalariga “tashvish” tugmalarini o‘rnatdi
Parlament saylovlari: Milliy gvardiya saylov uchastkalariga “tashvish” tugmalarini o‘rnatdi
Sputnik O‘zbekiston
Milliy gvardiya: qo‘riqlash xizmatining tezkor harakatlanish guruhlari 3-5 daqiqada saylov uchastkasiga yetib keladi. 16.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-16T12:58+0500
2024-10-16T12:58+0500
2024-10-16T12:58+0500
o‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
siyosat
o‘zbekiston
saylov uchastkasi
saylovlar
milliy gvardiya
iiv
energetika vazirligi
markaziy saylov komissiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1c/36372961_0:162:3067:1887_1920x0_80_0_0_41f1de6b1a3484d50dfa1705cdfe16ce.jpg
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmati tomonidan barcha saylov okruglari va uchastkalariga “tashvish” tugmalari o‘rnatildi. Bu haqda Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari Adxamjon Sormonkulov Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida ma’lum qildi. Majlisda saylovlarni o‘tkazishda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi. Unda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Energetika vazirligi rahbarlari tomonidan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish davrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborotlar taqdim etildi. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayevning so‘zlariga ko‘ra, saylov jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qonun buzilish holatlariga tezroklik bilan barham berish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi hamda hududiy, tuman va shahar saylov komissiyalari bilan o‘zaro yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Uning qayd etishicha, saylov uchastkalari va ularning atrofida jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli xodimlar va vositalar xizmatga jalb etildi. Ovoz berish kuni saylov uchastkasi binolarida xavfsizlikni ta’minlashga jalb etilgan har bir xodim saylov komissiyasi faoliyatiga va ovoz berish jarayonlariga aralashmasdan, xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatni faqat binodan tashqarida turib amalga oshiradi. Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari Adxamjon Sormonkulovning ta’kidlashicha, Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati tomonidan barcha saylov okruglari va uchastkalariga “tashvish” tugmalari o‘rnatildi. Xavfsizlik va tartibni saqlash maqsadida quyidagilar amalga oshirildi: Qayd etilishicha, saylov kuni tinch va barqaror bo‘lishi saylovchilarning ovoz berishini erkin, ixtiyoriy va xalqaro standartlar asosida amalga oshirish imkonini beradi.
https://oz.sputniknews.uz/20241016/uzbekistan-parlament-saylov-muddatidan-oldin-ovoz-berish-46143198.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1c/36372961_168:0:2899:2048_1920x0_80_0_0_601dfa7057d064f079acb5fd9b3e25e2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, saylov uchastkasi , saylovlar, milliy gvardiya, iiv, energetika vazirligi, markaziy saylov komissiyasi
siyosat, o‘zbekiston, saylov uchastkasi , saylovlar, milliy gvardiya, iiv, energetika vazirligi, markaziy saylov komissiyasi
Parlament saylovlari: Milliy gvardiya saylov uchastkalariga “tashvish” tugmalarini o‘rnatdi
Milliy gvardiya: qo‘riqlash xizmatining tezkor harakatlanish guruhlari 3-5 daqiqada saylov uchastkasiga yetib keladi.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmati tomonidan barcha saylov okruglari va uchastkalariga “tashvish” tugmalari o‘rnatildi. Bu haqda Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari Adxamjon Sormonkulov Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida ma’lum qildi.
Majlisda saylovlarni o‘tkazishda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi. Unda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Energetika vazirligi rahbarlari tomonidan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish davrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborotlar taqdim etildi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayevning so‘zlariga ko‘ra, saylov jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qonun buzilish holatlariga tezroklik bilan barham berish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi hamda hududiy, tuman va shahar saylov komissiyalari bilan o‘zaro yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
“Joriy yilning 11-oktabr kunidan boshlab ichki ishlar organlarining qo‘riqlovi va kuzatuvi ostida respublika hududi bo‘ylab saylovoldi bulletenlari uchastkalarga yetkazib berildi. Bundan tashqari, xorijiy kuzatuvchilar, OAV vakillariga respublika hududida xavfsiz harakatlanishlarini ta’minlash maqsadida minga yaqin transport vositari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi”, — dedi vazir o‘rinbosari.
Uning qayd etishicha, saylov uchastkalari va ularning atrofida jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli xodimlar va vositalar xizmatga jalb etildi. Ovoz berish kuni saylov uchastkasi binolarida xavfsizlikni ta’minlashga jalb etilgan har bir xodim saylov komissiyasi faoliyatiga va ovoz berish jarayonlariga aralashmasdan, xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatni faqat binodan tashqarida turib amalga oshiradi.
Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari Adxamjon Sormonkulovning ta’kidlashicha, Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati tomonidan barcha saylov okruglari va uchastkalariga “tashvish” tugmalari o‘rnatildi.
“Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati tomonidan barcha saylov okruglari va uchastkalariga “tashvish” tugmalari o‘rnatildi. Ular orqali yuzaga kelgan favqulodda holatlar to‘g‘risida xabar berilganda qo‘riqlash xizmatining tezkor harakatlanish guruhlari 3-5 daqiqada saylov uchastkasiga yetib kelib, salbiy vaziyatni bartaraf etishni ta’minlaydi”, — deya aniqlik kiritdi Adxamjon Sormonkulov.
Xavfsizlik va tartibni saqlash maqsadida quyidagilar amalga oshirildi:
mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan saylov uchastkalari binolari atrofiga qo‘shimcha 332 ta videokuzatuv kameralari, 528 ta binoga yoritish moslamalari o‘rnatildi;
barcha binolarga olib boradigan yo‘llar ko‘rikdan o‘tkazilib, qo‘shimcha ravishda yo‘l belgilar, yo‘l yotiq chiziqlari, svetoforlar bilan ta’minlangan hamda 270 ta bino atrofida avtoturargohlar tashkil qilindi;
barcha saylov uchastkalarining yong‘inga qarshi holati tekshiruvdan o‘tkazilib, 450 tasida profilaktik ko‘rik uyushtirildi hamda qo‘shimcha ravishda 664 ta bino yong‘inni o‘chirish birlamchi vositalari bilan ta’minlandi.
“Energetika vazirligi tomonidan saylov kuni komissiyalarning binolarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilganligi ma’lum qilindi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, saylov kuni tinch va barqaror bo‘lishi saylovchilarning ovoz berishini erkin, ixtiyoriy va xalqaro standartlar asosida amalga oshirish imkonini beradi.