https://oz.sputniknews.uz/20241014/uzbekistan-kyrgyzstan-kazakhstan-energetika-suv-xojalik-vazir-46107471.html
O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston energetika va suv xo‘jaliklari vazirlari uchrashdi
O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston energetika va suv xo‘jaliklari vazirlari uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuvda vazirlar suv-energetika tizimining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash masalalarini muhokama qilishdi.
2024-10-14T09:57+0500
2024-10-14T09:57+0500
2024-10-14T13:47+0500
iqtisod
o‘zbekiston
qozog‘iston
qirg‘iziston
energetika vazirligi
energetika
suv xo‘jaligi vazirligi
suv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/0e/46107160_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_ef6c298bded389a53c3f4e362214144b.jpg
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston energetika va suv xo‘jaliklari vazirlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Energetika vazirligi. Toshkentda O‘zbekiston energetika vaziri, O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri, Qozog‘iston energetika vaziri, Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri va Qirg‘iziston energetika vaziri hamda boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirokida navbatdagi ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, ushbu uchrashuvda Ozarbayjon energetika vaziri o‘rinbosari mehmon sifatida ishtirok etdi. Uchrashuvda mamlakatlar suv-energetika tizimining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tarmoqlar ish rejimlarining grafiklari kelishildi. Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘rtasida doimiy ishchi guruh yig‘ilishlarini o‘tkazib turish va loyihalarni amalga oshirish yuzasidan “yo‘l haritasi”ni imzolash taklif etildi. Qayd etilishicha, tegishli hujjatlar ham imzolandi.
o‘zbekiston
qozog‘iston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/0e/46107160_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_57746908afa6f6cef0c459f501e5144b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston qirg‘iziston qozog‘iston energetika va suv xo‘jaliklari vazirlar uchrashuv
o‘zbekiston qirg‘iziston qozog‘iston energetika va suv xo‘jaliklari vazirlar uchrashuv
O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston energetika va suv xo‘jaliklari vazirlari uchrashdi
09:57 14.10.2024 (yangilandi: 13:47 14.10.2024) Uchrashuvda vazirlar suv-energetika tizimining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash masalalarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston energetika va suv xo‘jaliklari vazirlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Energetika vazirligi.
Toshkentda O‘zbekiston energetika vaziri, O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri, Qozog‘iston energetika vaziri, Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri va Qirg‘iziston energetika vaziri hamda boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirokida navbatdagi ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, ushbu uchrashuvda Ozarbayjon energetika vaziri o‘rinbosari mehmon sifatida ishtirok etdi.
Uchrashuvda mamlakatlar suv-energetika tizimining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tarmoqlar ish rejimlarining grafiklari kelishildi.
“Mazkur tadbirda tomonlar o‘rtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, xususan, “Qambarota GES-1” qurilishi loyihasining hozirgi holati hamda suv-energetika balansini muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, uchrashuvda Xitoyning “CEEC” kompaniyasi vakillari bilan Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyatida “Chotqol” GES qurilishi yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki o‘rganishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘rtasida doimiy ishchi guruh yig‘ilishlarini o‘tkazib turish va loyihalarni amalga oshirish yuzasidan “yo‘l haritasi”ni imzolash taklif etildi. Qayd etilishicha, tegishli hujjatlar ham imzolandi.