Vengriyada Alisher Navoiy busti o‘rnatildi

© Ministerstvo kulturi respubliki UzbekistanV Vengrii otkrili bust Alishera Navoi
V Vengrii otkrili bust Alishera Navoi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2024
Obuna bo‘lish
Navoiyning bustlari o‘rnatilgan davlatlar soni 12 taga yetdi.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Vengriyada Alisher Navoiyga bag‘ishlab o‘rnatilgan bustning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Madaniyat vazirligi.
Aytilishicha, ushbu bust Vengriya-O‘zbekiston diplomatik aloqalari tarixida O‘zbekistonga bag‘ishlab ochilgan birinchi madaniy yodgorlik hisoblanadi. Ushbu loyiha vengriyalik haykaltarosh Dordji Lantos tomonidan amalga oshirilgan.
So‘zga chiqqanlarning ma’lum qilishicha, hozirda Tokio, Seul, Shanxay, Vashington, Moskva, Minsk, Ostona, Boku, Ashxobod, Dushanbe, O‘sh kabi shaharlarda Navoiyning bustlari o‘rnatilgan. Endilikda ular qatoriga Lakitelek shahri ham qo‘shildi.
© Ministerstvo kulturi respubliki UzbekistanV Vengrii otkrili bust Alishera Navoi
V Vengrii otkrili bust Alishera Navoi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2024
V Vengrii otkrili bust Alishera Navoi
“Bizning oldimizda qad ko‘tarib turgan yodgorlik haykaltarosh Dordji Lantosning ajoyib ijodi bo‘lib, uning badiiy qarashlari Navoiy ruhining mazmun-mohiyatini qamrab oladi. Lantosning ishi an’anaviy va zamonaviy uslublarni mohirlik bilan uyg‘unlashtirib, madaniy rivoyatlarni chuqur tushunishni aks ettiradi” — deb ta’kidladi O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi.
Vengriya parlamenti raisi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu yodgorlik venger va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi o‘chmas do‘stlikka asos soldi.
© Ministerstvo kulturi respubliki UzbekistanV Vengrii otkrili bust Alishera Navoi
V Vengrii otkrili bust Alishera Navoi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2024
V Vengrii otkrili bust Alishera Navoi

“Vengriyaning “Sharqqa nigoh” siyosati doirasida turkiy davlatlar bilan aloqalar, xususan, madaniy hamkorlik rivojlanmoqda. Alisher Navoiyga bugun o‘rnatilgan bust vengr va o‘zbek xalqlari o‘rtasida ming yillar davomida madaniy ko‘prik bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz” — deb qayd etdi Vengriya madaniyat vazirligi davlat kotibi.

Madaniyat vaziring birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov Vengriya Milliy sirk san’ati markazi va poytaxt sirki rahbari Peter Fekete bilan uchrashdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2024
O‘zbekiston Vengriya bilan sirk san’ati sohasida hamkorlik qilmoqchi
Yangiliklar lentasi
0