https://oz.sputniknews.uz/20241013/uzbekistan-oman-tashabbuslar-46102159.html
O‘zbekiston va O‘mon yangi tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldi
O‘zbekiston va O‘mon yangi tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Ummon tomoni faol sarmoyaviy ishtirok etishi mumkin bo‘lgan sohalar va imkoniyatlar ko‘rib chiqildi. 13.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-13T11:57+0500
2024-10-13T11:57+0500
2024-10-13T12:00+0500
iqtisod
o‘zbekiston
hamkorlik
laziz qudratov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/0d/46101977_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_497472935e900461f0369e242b77fbf4.jpg
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekiston va O‘mon yangi tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov “Asyad Group” (Ummon) boshqaruvi raisi Shayx Nosir Sulaymon al-Hartiy boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar o‘tkazdi.Qayd etilishicha, Kompaniyaning ko‘p tarmoqli faoliyatini e’tiborga olgan holda, O‘zbekiston-O‘mon savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy munosabatlari ko‘rib chiqildi.Bunda O‘mon tomoni faol sarmoyaviy ishtirok etishi mumkin bo‘lgan foydalanilmagan sohalar va imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.Aytilishicha, O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi, logistika, ko‘chmas mulk boshqaruvi, mehmonxona biznesi va turizm kabi sohalarda uzoq muddatli istiqbolda sof joriy qiymati yuqori bo‘lgan loyihalar taqdim etildi.Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga sobit qolishlarini bildirildi. Yangi tashabbuslarni amalga oshiriladigan iqtisodiyot tarmoqlari belgilab olindi hamda barcha kelishuvlarni qamrab olgan Hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/0d/46101977_71:0:1210:854_1920x0_80_0_0_749097583b4a694dff077357e71735dd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, hamkorlik, laziz qudratov
iqtisod, o‘zbekiston, hamkorlik, laziz qudratov
O‘zbekiston va O‘mon yangi tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldi
11:57 13.10.2024 (yangilandi: 12:00 13.10.2024) Toshkentda Ummon tomoni faol sarmoyaviy ishtirok etishi mumkin bo‘lgan sohalar va imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekiston va O‘mon yangi tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov “Asyad Group” (Ummon) boshqaruvi raisi Shayx Nosir Sulaymon al-Hartiy boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, Kompaniyaning ko‘p tarmoqli faoliyatini e’tiborga olgan holda, O‘zbekiston-O‘mon savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy munosabatlari ko‘rib chiqildi.
Bunda O‘mon tomoni faol sarmoyaviy ishtirok etishi mumkin bo‘lgan foydalanilmagan sohalar va imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.
Aytilishicha, O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi, logistika, ko‘chmas mulk boshqaruvi, mehmonxona biznesi va turizm kabi sohalarda uzoq muddatli istiqbolda sof joriy qiymati yuqori bo‘lgan loyihalar taqdim etildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga sobit qolishlarini bildirildi. Yangi tashabbuslarni amalga oshiriladigan iqtisodiyot tarmoqlari belgilab olindi hamda barcha kelishuvlarni qamrab olgan Hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.