"Uch-to‘rt oy": Tramp Uchinchi jahon urushi haqida bayonot berdi

© © AP Photo / Charlie RiedelDonald Tramp rasskazal SMI o svoyem straxe posle pokusheniya.
Donald Tramp rasskazal SMI o svoyem straxe posle pokusheniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2024
Obuna bo‘lish
Tramp jahon urushi 3-4 oy ichida boshlanishi mumkinligini aytdi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Amaldagi AQSh hukumati bir necha oy ichida uchinchi jahon urushini boshlashi mumkin. Bu haqda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp ijtimoiy tarmoqda efirga uzatilgan Kaliforniyadagi saylovoldi tashviqoti mitingida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Men asosan keyingi uch oydan xavotirdaman. Uch yarim-to‘rt oy ichida bizda bor odamlar (AQShning hozirgi hukumati) tufayli jahon urushi holatiga tushib qolamiz”, — deya ogohlantirdi siyosatchi.
Shuningdek, u noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Ukrainadagi mojaroni hal qilishga, shuningdek, “Yaqin Sharqdagi tartibsizlikni to‘xtatishga” va’da berdi.
Zelenskiyning rejasi "jahon urushi" rejasidir — Bundestag deputati
Tramp avvalroq uning raqibi Kamala Xarris uchinchi jahon urushining oldini olishga qodir emasligini aytgan edi. Respublikachiga ko‘ra, agar u g‘alaba qozonsa, Vashington Rossiya bilan harbiy mojaroga duch keladi.
AQShda prezidentlik saylovlari 5-noyabrkuni bo‘lib o‘tadi. Demokratik partiyadan vitse-prezident Xarris, Respublikachilar partiyasidan esa sobiq prezident Tramp ishtirok etadi.
Flagi stran-uchastnis Severoatlanticheskogo alyansa (NATO)  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2024
Uchinchi jahon urushi xavfi qanday — ekspert javobi
Yangiliklar lentasi
0