Akademik eshkak eshish: o‘zbekistonliklarning Osiyo chempionatidagi natijalari qanday?

© Press-slujba NOK UzbekistanaKomanda Uzbekistana po akademicheskoy greble zavoyevala 5 medaley ChA.
Komanda Uzbekistana po akademicheskoy greble zavoyevala 5 medaley ChA. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2024
Obuna bo‘lish
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari natijalari ma’lum qilindi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar Samarqandda o‘tayotgan Osiyo chempionatida oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Kecha Samarqandda akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatining hal qiluvchi bahslariga start berildi. Kun davomida kechgan murosasiz poygalarda sportchilar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Sovrindorlar:
Oltin medal: LM2x — Shahzod Nurmatov, Sobir Safaraliyev, LM4 — Ozod Mamatov, Samir Roziqov, Daler Axurov, Bobomurod Pardayev, M4 — Fazliddin Karimov, Dilshod Xudoyberdiyev, Davrjon Davronov, Alisher Turdiyev
Kumush medal: LW1x — Malika Tagmatova.
Bronza medal: M2x — Shahboz Xolmurzayev, Mehrojbek Mamatqulov.
Ma’lumot uchun, akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati 10-oktabr kuni boshlangan, unda 13 mamlakatdan 250 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Musobaqa o‘z ishini 14-oktabr kuni yakunlaydi.
Yangiliklar lentasi
0