Tramp amerikaliklarni o‘ldirgan muhojirlarni qatl qilishga chaqirdi

© © AP Photo / Charlie RiedelDonald Tramp rasskazal SMI o svoyem straxe posle pokusheniya.
Donald Tramp rasskazal SMI o svoyem straxe posle pokusheniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2024
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, sobiq prezident saylovlarda g‘alaba qozonsa, 1798-yilda qabul qilingan xorijiy dushmanlar to‘g‘risidagi qonunni kuchga kiritishga va’da berdi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti, Respublikachilar partiyasidan davlat rahbari lavozimiga nomzod Donald Tramp agar muhojirlar Amerika fuqarolari va huquq-tartibot idoralari xodimlarini o‘ldirsa, ularni qatl qilishga chaqirdi.
“Men Amerika fuqarosi yoki huquq-tartibot xodimini o‘ldirgan har qanday muhojirni o‘lim jazosiga chaqiraman”, - dedi u Kolorado shtatida tarafdorlari oldida qilgan chiqishida.
Bundan tashqari, sobiq prezident 5-noyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, 1798-yilda qabul qilingan, ammo Ikkinchi jahon urushidan beri amalda bo‘lmagan xorijiy dushmanlar to‘g‘risidagi qonunni kuchga kiritishga va’da berdi. Ushbu qonunga ko‘ra, Tramp xorijiy guruhlarning barcha a’zolarini hech qanday sud jarayonisiz mamlakatdan deport qilib yuborishga va’da berdi.
Donald Tramp vistupayet na lilovom lanche Federatsii jenshin-respublikansev Nyu-Gempshira, vtornik, 27-iyunya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2024
Tramp: Rossiya Gitler va Napoleonni mag‘lub etgan, Moskva mag‘lubiyatini kutishning hojati yo‘q
Yangiliklar lentasi
0