Prezidentga standartlashtirish sohasidagi ishlar haqida axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s provodimoy rabotoy i planami v sfere texnicheskogo regulirovaniya.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s provodimoy rabotoy i planami v sfere texnicheskogo regulirovaniya.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2024
Obuna bo‘lish
Mutasaddilar sohada qilingan ishlar, yil yakunigacha va keyingi yilga mo‘ljallangan rejalar bo‘yicha axborot berdi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-oktabr kuni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlar va rejalar bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha katta marralar belgilangan. Bunda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya masalalari muhim ahamiyatga ega. Shu bois prezidentning joriy yil 27-fevraldagi farmoniga asosan, sohadagi davlat boshqaruvi takomillashtirildi hamda yangi vazifalar qo‘yildi.
“So‘nggi yillarda 12 mingta standart tasdiqlangan edi. Yil boshidan buyon yana 1 ming 40 ta xalqaro standart qabul qilindi. Mahsulot xavfsizligi va sifatini ta’minlash maqsadida 29 ta texnik reglament ishlab chiqildi. Bular sanoat korxonalari va tadbirkorlarga yetkazilib, sertifikatlar olishiga ko‘maklashilayapti”, - deyiladi xabarda.
Mutasaddilar sohada qilingan ishlar, yil yakunigacha va keyingi yilga mo‘ljallangan rejalar bo‘yicha axborot berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s provodimoy rabotoy i planami v sfere texnicheskogo regulirovaniya.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s provodimoy rabotoy i planami v sfere texnicheskogo regulirovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s provodimoy rabotoy i planami v sfere texnicheskogo regulirovaniya.
Davlat rahbari tashqi bozorlarga chiqish uchun samarali texnik tartibga solish tizimi shartligini ta’kidlab, qo‘shimcha vazifalarni belgilab berdi.
Bugungi kunda O‘zbekistondagi 269 ta laboratoriyadan atigi 64 tasida o‘tkazilgan sinovlar xalqaro darajada tan olinadi. Oqibatda tadbirkorlar mahsulotlarini eksportga olib chiqishda qo‘shimcha sinovlar o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda.
Shu bois xalqaro tan olinadigan laboratoriyalarni ko‘paytirish, elektr texnikasi, qurilish materiallari, mashinasozlik kabi sohalarda 10 ta yangi laboratoriya tashkil qilish zarurligi aytildi.
Ta’kidlanishicha, bu yil 340 ta milliy standart, 2025-yil yakunigacha yana 38 ta reglament ishlab chiqiladi. 28 ta texnik qo‘mita, laboratoriyalar faoliyatini raqamlashtirish ham muhim. Buning uchun “Texnik tartibga solish” elektron platformasi ishga tushiriladi.
Sohada kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ham topshiriq berildi.
Yangiliklar lentasi
0