https://oz.sputniknews.uz/20241010/bukhara-xalqaro-aeroport-imkoniyatlar-46055228.html
Buxorodagi yangi xalqaro aeroportda qanday imkoniyatlar yaratilishi ma’lum qilindi
Buxorodagi yangi xalqaro aeroportda qanday imkoniyatlar yaratilishi ma’lum qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Kelgusi uch yilda Buxoroga turistlar oqimini 8 millionga yetkazish reja qilingan. 10.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-10T10:13+0500
2024-10-10T10:13+0500
2024-10-10T10:13+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
buxoro
aeroport
turistlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/843/73/8437337_0:0:1200:676_1920x0_80_0_0_a74944c91f4614a1349130b64e75dffc.jpg
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Buxoroda jahon standartlariga mos aeroport tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimotda ma’lum qilindi. Aytilishicha, shu yilning o‘zida Shahrisabz, Qo‘qon va Zomin aeroportlari ishga tushirildi, Namangan va Andijonda esa modernizatsiya boshlandi. Samarqand xalqaro aeroporti xususiy boshqaruvga berilib, modernizatsiya qilingach parvozlar va yo‘lovchilar soni 5 barobarga oshgan. Buxorodagi aeroport esa aholi va turistlar talabiga javob bermayapti. Mazkur aeroport soatiga 400 nafar yoki yiliga 1 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi, xolos. O‘zbekiston xalqaro aeroportlariParvozlarni boshqarish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tizimlari, kutish-kuzatish zallari eskirgani qatnovlarni ko‘paytirish imkonini cheklayapti. Aksariyat sayyohlar Buxoroga borish uchun Toshkent, Samarqand yoki Urganch aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘layapti. Masalan, 9 oyda Buxoroga tashrif buyurgan 1 milliondan ziyod xorijiy turistlarning 95 foizi poyezd yoki avtomobilda borgan. Viloyatda mehmonxonalar tarmog‘i, ziyorat turizmi rivojlanib bormoqda. Kelgusi uch yilda Buxoroga turistlar oqimini 8 millionga yetkazish reja qilingan. Davlat rahbari yangi aeroportda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 2 barobar oshirib, soatiga 8 ta samolyot kelish-ketishiga imkoniyat yaratish zarurligini ta’kidladi. Terminalning qulayliklari, ichki va tashqi qiyofasi bo‘yicha tavsiyalar berildi.
https://oz.sputniknews.uz/20240601/mirziyoev-buxoroni-ijtimoiy-iqtisodiy-rivojlantirish-masalalari-boyicha-yigilish-otkazdi-44189062.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/843/73/8437337_133:0:1200:800_1920x0_80_0_0_77c9c2e65f65ca22285b99d09317e578.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, buxoro, aeroport, turistlar
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, buxoro, aeroport, turistlar
Buxorodagi yangi xalqaro aeroportda qanday imkoniyatlar yaratilishi ma’lum qilindi
Kelgusi uch yilda Buxoroga turistlar oqimini 8 millionga yetkazish reja qilingan.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Buxoroda jahon standartlariga mos aeroport tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimotda
ma’lum qilindi. Aytilishicha, shu yilning o‘zida Shahrisabz, Qo‘qon va Zomin aeroportlari ishga tushirildi, Namangan va Andijonda esa modernizatsiya boshlandi.
Samarqand xalqaro aeroporti xususiy boshqaruvga berilib, modernizatsiya qilingach parvozlar va yo‘lovchilar soni 5 barobarga oshgan. Buxorodagi aeroport esa aholi va turistlar talabiga javob bermayapti. Mazkur aeroport soatiga 400 nafar yoki yiliga 1 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi, xolos.
Parvozlarni boshqarish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tizimlari, kutish-kuzatish zallari eskirgani qatnovlarni ko‘paytirish imkonini cheklayapti. Aksariyat sayyohlar Buxoroga borish uchun Toshkent, Samarqand yoki Urganch aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘layapti. Masalan, 9 oyda Buxoroga tashrif buyurgan 1 milliondan ziyod xorijiy turistlarning 95 foizi poyezd yoki avtomobilda borgan.
Viloyatda mehmonxonalar tarmog‘i, ziyorat turizmi rivojlanib bormoqda. Kelgusi uch yilda Buxoroga turistlar oqimini 8 millionga yetkazish reja qilingan.
“Shu bois joriy yil 31-mayda prezidentimizning viloyatga tashrifi chog‘ida Buxoro tumanida yangi xalqaro aeroport qurilishi boshlangan edi. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi ushbu loyiha doirasida jahon standartlariga mos aeroport tashkil etiladi. Soatiga 1 ming 200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Yo‘lovchi va havo kemalariga servis sifatini oshirish orqali yangi xalqaro aviakompaniyalar jalb qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Davlat rahbari yangi aeroportda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 2 barobar oshirib, soatiga 8 ta samolyot kelish-ketishiga imkoniyat yaratish zarurligini ta’kidladi. Terminalning qulayliklari, ichki va tashqi qiyofasi bo‘yicha tavsiyalar berildi.