https://oz.sputniknews.uz/20241009/uzbekistan-russia-mening-maktabim-tajriba-46044295.html
O‘zbekiston “Mening maktabim” loyihasini joriy qilishda Rossiya tajribasini o‘rganadi
O‘zbekiston “Mening maktabim” loyihasini joriy qilishda Rossiya tajribasini o‘rganadi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik ekspertlar ishtirokida “Mening maktabim” loyihasi muhokama qilindi.
2024-10-09T15:18+0500
2024-10-09T15:18+0500
2024-10-10T13:52+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
ta’lim
maktab
iqtisodiyot va moliya vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/0a/46059960_0:108:2055:1264_1920x0_80_0_0_c1aa477c23e4570f1efea5c71e090295.jpg
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. O‘zbekiston “Mening maktabim” loyihasini joriy qilishda Rossiya tajribasini o‘rganadi, deya xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati. Toshkentda O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Rossiya moliya vazirligi huzuridagi Moliyaviy ilmiy-tadqiqotlar instituti xodimlari uchrashudi. Unda “Mening maktabim” loyihasini amaliyotga joriy etishdagi asosiy masalalar ko‘rib chiqildi. Ma’lumot uchun, prezidentning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida farmoniga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumanida (shahrida) sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi amalga oshiriladi. Buning doirasida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi. Ushbu mablag‘ 5-11-sinf o‘quvchilari tanloviga ko‘ra, elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktablar uchun zarur tovarlarga sarflanadi. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini menejerlik bo‘yicha sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi. Bunda direktorlarga malakaviy talablar aniq belgilanib, ular har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi. Rossiyada 2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha maktablar va kollejlar "Mening maktabim" federal davlat axborot tizimidan foydalanishga o‘tdi. Ta’lim mazmuni va xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan ushbu yagona federal portal elektron kundalik, o‘quv materiallari kutubxonasi (kitoblar, videolar, interaktiv simulyatorlar), ta’lim xizmatlarini taqdim etish, bepul video konferensiyadan foydalanish va boshqalar kabi xizmatlarni birlashtiradi. "Mening maktabim" - bu yagona ta’lim platformasi. Bolaga o‘rganish, o‘qituvchiga o‘qitish, ota-onalarga esa jarayondan xabardor bo‘lishga yordam beradi. Foydalanuvchilar uchun yagona axborot va uslubiy yordam manbai hisoblanadi. Zamonaviy dizayn va qulay navigatsiya kerakli ma’lumotlarni tezda topish imkonini beradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/0a/46059960_114:0:1942:1371_1920x0_80_0_0_1d4fad2d087602c9bcb1d73cd8f42461.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiyalik ekspertlar “mening maktabim” loyihasi
rossiyalik ekspertlar “mening maktabim” loyihasi
O‘zbekiston “Mening maktabim” loyihasini joriy qilishda Rossiya tajribasini o‘rganadi
15:18 09.10.2024 (yangilandi: 13:52 10.10.2024) Rossiyalik ekspertlar ishtirokida “Mening maktabim” loyihasi muhokama qilindi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. O‘zbekiston “Mening maktabim” loyihasini joriy qilishda Rossiya tajribasini o‘rganadi, deya xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
matbuot xizmati. Toshkentda O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Rossiya moliya vazirligi huzuridagi Moliyaviy ilmiy-tadqiqotlar instituti xodimlari uchrashudi. Unda “Mening maktabim” loyihasini amaliyotga joriy etishdagi asosiy masalalar ko‘rib chiqildi.
“Uchrashuvda ijtimoiy yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirish, bu bo‘yicha qo‘llanayotgan tajribalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, prezidentning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida farmoniga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumanida (shahrida) sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi amalga oshiriladi.
Buning doirasida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi. Ushbu mablag‘ 5-11-sinf o‘quvchilari tanloviga ko‘ra, elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktablar uchun zarur tovarlarga sarflanadi.
Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini menejerlik bo‘yicha sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi. Bunda direktorlarga malakaviy talablar aniq belgilanib, ular har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Rossiyada 2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha maktablar va kollejlar "Mening maktabim" federal davlat axborot tizimidan foydalanishga o‘tdi. Ta’lim mazmuni va xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan ushbu yagona federal portal elektron kundalik, o‘quv materiallari kutubxonasi (kitoblar, videolar, interaktiv simulyatorlar), ta’lim xizmatlarini taqdim etish, bepul video konferensiyadan foydalanish va boshqalar kabi xizmatlarni birlashtiradi.
"Mening maktabim" - bu yagona ta’lim platformasi. Bolaga o‘rganish, o‘qituvchiga o‘qitish, ota-onalarga esa jarayondan xabardor bo‘lishga yordam beradi. Foydalanuvchilar uchun yagona axborot va uslubiy yordam manbai hisoblanadi. Zamonaviy dizayn va qulay navigatsiya kerakli ma’lumotlarni tezda topish imkonini beradi.