O‘zbekiston Marburg virusining oldini olish maqsadida chegaralarda hushorlikni oshirdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishUzbekistan v preddverii dosrochnix viborov prezidenta
Uzbekistan v preddverii dosrochnix viborov prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2024
Obuna bo‘lish
Sanepidqo‘mita: fuqarolarimizga jiddiy xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilamiz.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. O‘zbekiston Marburg virusi isitmasining oldini olish maqsadida chegaralarda hushorlikni oshirdi. Bu haqda Sanepidqo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.

“Marburg virusi isitmasining oldini olish va uning ehtiyot choralarini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston davlat chegarasini kesib o‘tish joylarida Canitariya nazorat punktlarining (SNP) hushorligi oshirilgan”, — deyiladi xabarda.

Marburg isitmasi bilan kasallanishning oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar:
Gemorragik isitma kasalligiga gumon qilingan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlab, izolyatorlarga alohidalash;
gumon qilingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan tibbiyot xodimlari tomonidan standart ehtiyot choralarini ko‘rish, qo‘shimcha ravishda infeksiyani yuqtirishining oldini olishga qaratilgan shaxsiy ximoya vositalaridan to‘liq foydalanish;
gumon qilingan bemorlarning qoniga tegmaslik, bemor ajratgan tana suyuqliklari, shuningdek, ular bilan ifloslangan yuzalar bilan muloqotda bo‘lmaslik;
kasallikning etiologiyasi, klinikasi, laborator tashxisoti va kasallikning oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish;
kasallikni nazorat qilishda xavfsiz inyeksiya usullarini qo‘llash, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, qayta ishlatilayotgan tibbiy asboblarni zararsizlantirish va chiqindilarini xavfsiz yo‘q qilish;
infeksiya bo‘yicha aholini xabardorligini oshirish maqsadida aholi orasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.
"Shu o‘rinda fuqarolarimizga jiddiy xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilamiz", — deya qayd etilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Jahon Cog‘liqni saqlash tashkiloti Afrika qit’asidagi Ruanda davlatida Marburg gemorragik isitmasi qayd etilganligini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 28-sentabr holatiga Ruandaning 30 ta okrugining yettitasida, jami 26 ta tasdiqlangan holat ro‘yxatga olingan va shundan 6 ta holatda o‘lim qayd etilgan.
JSST ushbu epidemiya xavfini milliy darajada juda yuqori, mintaqaviy darajada yuqori va butun dunyo darajasida past deb baholamoqda.
Lechenie bolnix s COVID-19    - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2024
JSST yaqin orada yangi pandemiya paydo bo‘lishi xavfidan ogohlantirdi
Yangiliklar lentasi
0