Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina mavzusi BMTda asta-sekin so‘nib bormoqda — Rossiya TIV

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovZdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV BMTda Ukraina mavzusi asta-sekin so‘nayotganini e’lon qildi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Ukrainadagi mojaro masalasi BMTda asta-sekin “so‘nmoqda”, Rossiya delegatsiyasi BMT Bosh Assambleyasining yuqori darajadagi haftaligida bu mavzuda yangi hech narsa eshitmadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Vershinin ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Ukraina so‘nib borayotgan mavzu. Biz Ukraina mavzusi haqida hech qanday yangilik eshitmadik. Vladimir Zelenskiy u yerda edi. Uchrashuvlar va forumlarda uni targ‘ib qilishga urinishlar bo‘ldi, lekin biz muammoni hal qilish istagini eshitmaganimizdek, hech qanday yangi fikr ham eshitmadik”, – dedi Vershinin “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb vakillaridan faqat Rossiyaga yo‘llangan “ultimatum talablari”ni eshitish mumkin, ammo “haqiqiy hech narsa bo‘lmagan”.
Ukraina Rossiyani ayblash uchun kimoviy qurol bilan provokatsiya tayyorlamoqda
“G‘arb davlatlari tomonidan vaqti-vaqti bilan o‘zlarining g‘arazli rusofob maqsadlari yo‘lida ko‘tarilayotgan bu muammoga qiziqish so‘nmoqda”, — deya xulosa qildi Vershinin.
Kursk viloyatida asir olingan Ukraina razvedkachilari almashinuvdan bosh tortdi
Natsionalniy flag Ukraini i monument Rodina-mat v Kiyeve v voskresenye, 13-fevralya 2022 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2024
G‘arb korporatsiyalari Ukrainadagi yerlarni o‘g‘irlamoqda — sobiq deputat
Yangiliklar lentasi
0