Toshkentda mehmondo‘stlik sohasidagi eng yirik ko‘rgazma ish boshladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishNatsionalniy vistavochniy kompleks UzEkspoTSentr, gde proxodit Mejdunarodnaya promishlennaya vistavka "Innoprom. Sentralnaya Aziya", v Tashkente.
Natsionalniy vistavochniy kompleks UzEkspoTSentr, gde proxodit Mejdunarodnaya promishlennaya vistavka Innoprom. Sentralnaya Aziya, v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2024
Obuna bo‘lish
“O‘zekspomarkaz” pavilonida 8–10 oktabr kunlari “HoReCa Expo Uzbekistan 2024” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Bugun Toshkentda mehmondo‘stlik sohasidagi eng yirik “HoReCa Expo Uzbekistan 2024” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi, deya xabar berdi Ekologiya vazirligi.
Qayd etilishicha, 8–10 oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz” pavilonida O‘zbekistondagi mehmondo‘stlik sohasidagi eng yirik “HoReCa Expo Uzbekistan 2024” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir turli sessiyalar, B2B va G2B uchrashuvlari, yangi mahsulot va xizmatlar taqdimotlarini o‘z ichiga oladi.

“Ko‘rgazma tajriba almashish, foydali hamkorlik shartnomalarini tuzish, zamonaviy tendensiyalar va biznesni rivojlantirishni muhokama qilish uchun noyob platformadir. Ko‘rgazmaga Markaziy Osiyo, Yevropa va Osiyodan 50 nafardan ortiq ishtirokchilar tashrif buyurishi kutilmoqda. Ular mehmonxona, restoran va tegishli sohalardagi so‘nggi ishlanmalar va yutuqlarni taqdim etadilar”, — deyiladi xabarda

Ko‘rgazma doirasida “Yashil texnologiyalar va investitsiyalar” va “Raqamli mehmondo‘stlikning kelajagi” mavzularida konferensiya bo‘lib o‘tadi. Unda yashil texnologiyalar va raqamli mehmondo‘stlikning dolzarb mavzulari va tendensiyalari muhokama qilinadi.
Ko‘rgazma dasturiga ko‘ra, konferensiya sessiyalarida Rossiya restoratorlar va mehmonxonachilar federatsiyasi prezidenti Igor Buxarov va federatsiyaning Sankt-Peterburgdagi vakolatxonasi direktori Lyubov Markova ham chiqish qiladi.
V stolitse proshel festival Tashkent - gorod xlebniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2024
O‘zbekistonda “Toshkent – ​​non shahri” festivali bo‘lib o‘tdi – foto
Yangiliklar lentasi
0