Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Rossiya Xitoy bilan YeOII va “Bir makon, bir yo‘l”ni bog‘lash bo‘yicha ishlamoqda — elchi

© Depositphotos / RyzhovFlagi Rossii i Kitaya
Flagi Rossii i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2024
Obuna bo‘lish
Xitoyda Rossiya va Xitoy o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 75-yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Rossiya Xitoy bilan YeOII va “Bir makon, bir yo‘l” salohiyatini bog‘lash bo‘yicha muvaffaqiyatli ishlamoqda. Bu haqda Rossiyaning Xitoydagi elchisi Igor Morgulov ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

“Yevrosiyo makonida Moskva va Pekin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va “Bir makon, bir yo‘l” megaloyihasi imkoniyatlarini birlashtirish bo‘yicha muvaffaqiyatli ishlamoqda”, — deya ma’lum qildi Morgulov Rossiya va Xitoy o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 75-yilligi munosabati bilan elchixonada o‘tkazilgan tadbirda.

Elchining ta’kidlashicha, mamlakat qit’a davlatlarining ishonchli xavfsizligini ta’minlash maqsadida unda joylashgan barcha konstruktiv o‘yinchilarni birgalikda bu yerda faoliyat yuritayotgan ko‘p tomonlama birlashmalarning salohiyatiga tayangan holda tenglik va bo‘linmaslik tamoyillari asosida Yevroosiyo xavfsizligining yangi arxitekturasini shakllantirishni boshlashga taklif qiladi.
"Biz ushbu taklifning Xitoy tomonidan ilgari surilgan global xavfsizlik tashabbusi bilan sezilarli darajada mos kelishini qayd etamiz", — dedi u.
YeOIIga Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston kiradi. 2024-yilda Armaniston ittifoq organlariga, jumladan, Yevroosiyo hukumatlararo kengashiga raislik qiladi. Kuba va O‘zbekiston hukumatlararo kengash yig‘ilishida YeOIIda kuzatuvchi davlatlar sifatida ishtirok etdi. Kengash majlislarida ittifoqqa a’zo davlatlarning integratsiyaviy hamkorligining fundamental masalalarining salmoqli qismi ko‘rib chiqiladi.
Lyudi, ispolzuyushiy noutbuk. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2024
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda sanoat mulki obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qidirish xizmati paydo bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0