https://oz.sputniknews.uz/20241008/moskva-putin-mdh-sammit-46026208.html
Moskvada Putin raisligidagi MDH sammiti boshlandi — video
Moskvada Putin raisligidagi MDH sammiti boshlandi — video
Sputnik O‘zbekiston
Kreml saroyida MDH yetakchilari ishtirokidagi yig‘lish o‘z ishini boshladi. 08.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-08T17:02+0500
2024-10-08T17:02+0500
2024-10-09T09:07+0500
video
rossiya
moskva
mdh
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/08/46028398_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_cca412c6069accfdf871e8fc3b08dbc2.jpg
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Moskvadagi katta Kreml saroyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar rahbarlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Sammit, Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Moskvaning 2024-yilda MDHga raisligi doirasidagi barcha tadbirlarning yakuni bo‘ladi.Tadbirda ishtirok etayotgan davlat rahbarlari:MDH yetakchilari muloqoti bir kun oldin boshlangan edi. Dushanba kuni Rossiya prezidentining tug‘ilgan kunida davlat rahbarlari norasmiy uchrashuvga yig‘ildi va bu sammitga tayyorgarlik ko‘rishga aylandi.Sammit davomida ko‘rib chiqiladigan masalalarSammit chog‘ida davlat rahbarlari keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilishadi. Joriy yil MDH doirasidagi o‘zaro hamkorlik yakunlari sarhisob qilinadi va istiqboldagi asosiy vazifalar belgilab olinadi. Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy mavzular yuzasidan fikr almashildi.Davlat rahbarlari, shuningdek, 2025-yilda Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaning 80-yilligini nishonlash masalasini ham muhokama qilishdi. Yaqinlashib kelayotgan sana munosabati bilan murojaat qabul qilinadi. Sammitda G‘alabaning 80-yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish doirasida mehnat shuhrati shahri faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida ham qaror qabul qilindi.Sammitda parlamentlararo hamkorlikni takomillashtirish masalasi alohida muhokama etilib, MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi rahbari Valentina Matviyenkoning yetakchilar oldida hisoboti tinglandi.Kremldagi tadbirlar dasturidan tor va kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvlar, hujjatlarni imzolash marosimi, sammit uchun an’anaviy qo‘shma suratga jarayoni ham olish o‘rin olgan.Asosiy mavzulardan biri xavfsizlik masalasi bo‘ladi. Kreml sammit arafasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi davomida xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish sohasida qator hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilayotganini ta’kidladi. Shu nuqtayi nazardan, Moskva O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan MDHning deradikalizatsiya bo‘yicha hamkorlik dasturiga katta ahamiyat beradi.Sammitga MDHning shaxslarni davlatlararo qidiruv to‘g‘risidagi bitimiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha bayonnoma tayyorlandi.Rejalashtirilgan tadbirlar2024 yilda Hamdo‘stlikka Rossiya raislik qilmoqda. Moskvaning raislik rejasiga 150 ta dan ortiq tadbir o‘rin olgan. Bu yil Moskvaning BRIKSga ham raisligi yili. Kremlning xabar berishicha, Putin MDHdagi hamkasblarini oktabr oyida Qozonga tashkilot sammitiga kelishga taklif qiladi. Bundan tashqari, MDH rahbarlari dekabr oyida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan an’anaviy norasmiy MDH sammitida ishtirok etishi kutilmoqda. U yerda YeOIIga a’zo davlatlar rahbarlarining uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi.MDHga raislik qilish kelasi yildan Tojikistonga o‘tadi. Ishtirokchi davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi esa 10-oktabr kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/08/46028398_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_17ff698aeec1be988a7c09f05eb0fc62.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, rossiya, moskva, mdh, o‘zbekiston, video
video, rossiya, moskva, mdh, o‘zbekiston, video
Moskvada Putin raisligidagi MDH sammiti boshlandi — video
17:02 08.10.2024 (yangilandi: 09:07 09.10.2024) Kreml saroyida MDH yetakchilari ishtirokidagi yig‘lish o‘z ishini boshladi.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Moskvadagi katta Kreml saroyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar rahbarlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sammit, Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Moskvaning 2024-yilda MDHga raisligi doirasidagi barcha tadbirlarning yakuni bo‘ladi.
Tadbirda ishtirok etayotgan davlat rahbarlari:
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko;
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev;
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon;
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov;
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev; Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan.
MDH yetakchilari muloqoti bir kun oldin boshlangan edi. Dushanba kuni Rossiya prezidentining tug‘ilgan kunida davlat rahbarlari norasmiy uchrashuvga yig‘ildi va bu sammitga tayyorgarlik ko‘rishga aylandi.
Sammit davomida ko‘rib chiqiladigan masalalar
Sammit chog‘ida davlat rahbarlari keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilishadi. Joriy yil MDH doirasidagi o‘zaro hamkorlik yakunlari sarhisob qilinadi va istiqboldagi asosiy vazifalar belgilab olinadi. Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy mavzular yuzasidan fikr almashildi.
Davlat rahbarlari, shuningdek, 2025-yilda Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaning 80-yilligini nishonlash masalasini ham muhokama qilishdi. Yaqinlashib kelayotgan sana munosabati bilan murojaat qabul qilinadi. Sammitda G‘alabaning 80-yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish doirasida mehnat shuhrati shahri faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida ham qaror qabul qilindi.
Sammitda parlamentlararo hamkorlikni takomillashtirish masalasi alohida muhokama etilib, MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi rahbari Valentina Matviyenkoning yetakchilar oldida hisoboti tinglandi.
Kremldagi tadbirlar dasturidan tor va kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvlar, hujjatlarni imzolash marosimi, sammit uchun an’anaviy qo‘shma suratga jarayoni ham olish o‘rin olgan.
Asosiy mavzulardan biri xavfsizlik masalasi bo‘ladi. Kreml sammit arafasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi davomida xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish sohasida qator hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilayotganini ta’kidladi. Shu nuqtayi nazardan, Moskva O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan MDHning deradikalizatsiya bo‘yicha hamkorlik dasturiga katta ahamiyat beradi.
Sammitga MDHning shaxslarni davlatlararo qidiruv to‘g‘risidagi bitimiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha bayonnoma tayyorlandi.
Rejalashtirilgan tadbirlar
2024 yilda Hamdo‘stlikka Rossiya raislik qilmoqda. Moskvaning raislik rejasiga 150 ta dan ortiq tadbir o‘rin olgan. Bu yil Moskvaning BRIKSga ham raisligi yili. Kremlning xabar berishicha, Putin MDHdagi hamkasblarini oktabr oyida Qozonga tashkilot sammitiga kelishga taklif qiladi. Bundan tashqari, MDH rahbarlari dekabr oyida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan an’anaviy norasmiy MDH sammitida ishtirok etishi kutilmoqda. U yerda YeOIIga a’zo davlatlar rahbarlarining uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi.
MDHga raislik qilish kelasi yildan Tojikistonga o‘tadi. Ishtirokchi davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi esa 10-oktabr kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.