Kursk viloyatida asir olingan Ukraina razvedkachilari almashinuvdan bosh tortdi

© SputnikV Kurskoy oblasti rossiyskie voyennie zaxvatili razvedgruppu VSU
V Kurskoy oblasti rossiyskie voyennie zaxvatili razvedgruppu VSU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2024
Obuna bo‘lish
Asir: taslim bo‘lishsin va hech bo‘lmaganda tirik qolishadi.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Kursk viloyatida Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan asirga olingan ukrainalik razvedkachi-desantchilar almashinuvdan bosh tortdi va Kurskda qolgan ukrainalik harbiylarni qurollarini tashlab, taslim bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti e’lon qilgan videoda ma’lum qilindi.

"Yuborishdi. Chernigov viloyatida tutib olishdi va yuborishdi... Tashlab ketishdi. Komandirlar yo‘q. Qurollarni tashlang... Taslim bo‘lishsin va hech bo‘lmaganda tirik qolishadi. (Agar) Alimashinuvga ketsam, yana meni qaytarib yuborishadi. Agar qolishim mumkin bo‘lsa, sizlar bilan qolaman”, — dedi Ukraina Qurolli kuchlarining 82-alohida desant-hujumchilar brigadasining asirga olingan razvedkachisi.

Asir olingan Ukraina razvedkachilaridan biri so‘roq paytida Chernigov viloyatida safarbar qilingani haqida ko‘rsatma berdi, boshqa asir esa Jitomirdan ekanligini aytdi.
"Kursk viloyatida qo‘lga olingan razvedka guruhining so‘roq qilingan ikkala desantchisi ham almashishdan bosh tortdi va Ukraina Qurolli kuchlarini qurollarini tashlashga chaqirdi", — deya tushuntirdi Rossiya xavfsizlik kuchlari vakili RIA Novostiga.
Yangiliklar lentasi
0