Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Yaqin Sharqdagi keskinlashuv G‘arb uchun Ukrainadagi vaziyatni murakkablashtiradi — Vuchich

© Sputnik / Ministry of Foreign affairs of the Russian Federation / Mediabankka o‘tishAleksandr Vuchich
Aleksandr Vuchich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2024
Obuna bo‘lish
Serbiya prezidentining fikricha, Donald Tramp AQShda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda g‘alaba qozonsa, Ukraina mojarosi barham topadi.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Yaqin Sharqdagi mojaroning kuchayishi G‘arb uchun Ukrainadagi vaziyatni murakkablashtiradi. Bu haqda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich "Pink" telekanalida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Agar Yaqin Sharqdagi mojaro tez orada to‘xtamasa, Ukrainadagi vaziyat G‘arb uchun tobora qiyinlashib boradi”, — dedi u.
Vuchich agar Donald Tramp AQShda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda g‘alaba qozonsa, Ukraina mojarosi barham topishiga ishonishini qo‘shimcha qildi.
Oktabr oyi boshida Oliy Rada deputati Vladimir Arev Yaqin Sharqdagi vaziyatning yomonlashishini Ukraina uchun muammo deb atadi. Uning fikricha, bu voqealar Kiyev hamkorlarining asosiy e’tiborini va ularning yordamini jalb qiladi. Sentabr oyida Vuchich OAVga bergan intervyusida rossiyalik qo‘shinlar jang maydonida tashabbusga ega ekani va G‘arb uchun Kiyevni moliyalashtirish tobora qiyinlashib borayotganini aytdi.
Rossiyskie voyska osvobodili Ugledar v DNR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ugledarni tark etgan Ukraina ofitseri mag‘lubiyat sababini aytib berdi
Yangiliklar lentasi
0