O‘zbekiston mezbonlik qilgan futzal bo‘yicha jahon chempionati qanday o‘tdi?
Obuna bo‘lish
O‘yin yakunida Braziliya 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, 6-bor chempionlikka erishdi.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘zbekiston ilk bor mezbonlik qilgan futzal bo‘yicha tarixiy jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi, deya xabar berdi Sport vazirligi.
Dunyoning eng kuchli futzalchilari ishtirokida kechgan turnir finallarida birinchi bor Braziliya va Argentina o‘zaro bahs olib bordi.
O‘yin yakunida Braziliya Argentini ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, oltinchi bor chempionlikka erishdi.
Individual sovrindorlar:
Eng yaxshi to‘purar — Marsel (Braziliya)
Eng yaxshi darvozabon — Villian (Braziliya)
Eng yaxshi futzalchi — Diyego (Braziliya)
O‘zbekistonga tashrif buyurgan FIFA prezidenti Janni Infantino o‘yinni kuzatib, taqdirlash marosimida ishtirok etdi.
“Butun o‘zbek xalqiga, avvalo, Prezident Shavkat Mirziyoyevga, Bosh vazir Abdulla Aripov va albatta Abdusalom Azizov boshchiligidagi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Siz butun dunyoni o‘zingizning go‘zal mamlakatingizda ajoyib qarshi oldingiz va barchani bu yurtni o‘z uyidek his qilishiga zamin yaratdingiz. Sizlar haqiqiy g‘olibsiz!”, — dedi Infantino.
© Ministerstvo sporta
1/6
© Ministerstvo sporta
© Ministerstvo sporta
2/6
© Ministerstvo sporta
© Ministerstvo sporta
3/6
© Ministerstvo sporta
© Ministerstvo sporta
4/6
© Ministerstvo sporta
© Ministerstvo sporta
5/6
© Ministerstvo sporta
© Ministerstvo sporta
6/6
© Ministerstvo sporta