Shavkat Mirziyoyev Moskva boradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yetakchisi MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-8 oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi", — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, davlat rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi 8-oktabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbarlari MDH doirasidagi o‘zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashishadi va 2025-yilda Hamdo‘stlikka raislik qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishadi.
Davlat rahbarlari Hamdo‘stlikning yaqin uch yilga madaniy poytaxtlari deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorlarni imzolashadi, huquqiy sohada, shuningdek, xavfsizlik sohasida hamkorlikka oid qator hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritiladi. Yig‘ilishda MDH davlat rahbarlarining qator bayonotlari ham qabul qilinishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0