https://oz.sputniknews.uz/20241007/kazakhstan-aes-qurilish-46006482.html
Qozog‘iston fuqarolarining 71,12 foizi AES qurilishini qo‘llab-quvvatladi
Qozog‘iston fuqarolarining 71,12 foizi AES qurilishini qo‘llab-quvvatladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi vakillari referendum jarayonlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. 07.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-07T12:03+0500
2024-10-07T12:03+0500
2024-10-07T12:13+0500
qozog‘iston
aes
referendum
markaziy saylov komissiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/07/46005852_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_6f92a821a7dd7c1416bb83330c7de3c9.jpg
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Qozog‘iston fuqarolarining 71,12 foizi mamlakatda atom elektr stansiyasi (AES)ni qurish qarorini qo‘llab-quvvatladi, deya xabar berdi Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi. Qozog‘istonda 6-oktabr kuni atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ostona vaqti bilan ertalab soat 8:00 da ovozlarni sanash yakunlandi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, referendumda fuqarolarning 71,12 foizi Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish qarorini yoqlab ovoz bergan. Ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolar soni 7 million 820 ming 204 nafarni yoki referendumda ishtirok etish huquqiga ega fuqarolar sonining 63,66 foizini tashkil etdi. Shunday qilib, referendumga qo‘yilgan masalani ijobiy hal etish uchun ovoz bergan fuqarolar soni 5 million 561 ming 937 nafar yoki 71,12 foizni tashkil etdi. O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi boshchiligida komissiya delegatsiyasi mazkur referendum jarayonlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. Ma’lumot uchun, 18 yoshga to‘lgan Qozog‘iston fuqarolari referendumda ovoz berish huquqiga ega. Referendumda ishtirok etish uchun ovoz beruvchilar ro‘yxatiga 12 244 683 nafar Qozog‘iston fuqarosi kiritildi. Ovoz berish bulletenida davlat va rus tillarida “Siz Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi qurilishiga rozimisiz?” degan savol yozilgan bo‘lib, ovoz beruvchilar “Ha, roziman” yoki “Yo‘q, rozi emasman” tanlovlariga ovoz berishdi. Agar ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan ko‘pi uni qo‘llab-quvvatlab ovoz bergan bo‘lsa, referendumda ko‘tarilgan masala bo‘yicha qaror qabul qilingan hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20241006/kazakhstan-aes-referendum-45996011.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/07/46005852_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_c53e0e98b826d27efe8077568b70f46b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston, aes, referendum, markaziy saylov komissiyasi , dunyo yangiliklari, dunyoda
qozog‘iston, aes, referendum, markaziy saylov komissiyasi , dunyo yangiliklari, dunyoda
Qozog‘iston fuqarolarining 71,12 foizi AES qurilishini qo‘llab-quvvatladi
12:03 07.10.2024 (yangilandi: 12:13 07.10.2024) O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi vakillari referendum jarayonlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Qozog‘iston fuqarolarining 71,12 foizi mamlakatda atom elektr stansiyasi (AES)ni qurish qarorini qo‘llab-quvvatladi, deya xabar berdi Qozog‘iston
Markaziy saylov komissiyasi. Qozog‘istonda 6-oktabr kuni atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ostona vaqti bilan ertalab soat 8:00 da ovozlarni sanash yakunlandi.
Dastlabki natijalarga ko‘ra, referendumda fuqarolarning 71,12 foizi Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish qarorini yoqlab ovoz bergan.
Ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolar soni 7 million 820 ming 204 nafarni yoki referendumda ishtirok etish huquqiga ega fuqarolar sonining 63,66 foizini tashkil etdi.
Shunday qilib, referendumga qo‘yilgan masalani ijobiy hal etish uchun ovoz bergan fuqarolar soni 5 million 561 ming 937 nafar yoki 71,12 foizni tashkil etdi.
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi boshchiligida komissiya delegatsiyasi mazkur referendum jarayonlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.
“Kuzatuv jarayoni Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi bilan ikki tomonlama hamkorlik doirasida hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Turkiy Davlatlar Tashkiloti va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti missiyalari tarkibida amalga oshirildi”, — deyiladi
MSK xabarida. Ma’lumot uchun, 18 yoshga to‘lgan Qozog‘iston fuqarolari referendumda ovoz berish huquqiga ega. Referendumda ishtirok etish uchun ovoz beruvchilar ro‘yxatiga 12 244 683 nafar Qozog‘iston fuqarosi kiritildi. Ovoz berish bulletenida davlat va rus tillarida “Siz Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi qurilishiga rozimisiz?” degan savol yozilgan bo‘lib, ovoz beruvchilar “Ha, roziman” yoki “Yo‘q, rozi emasman” tanlovlariga ovoz berishdi. Agar ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan ko‘pi uni qo‘llab-quvvatlab ovoz bergan bo‘lsa, referendumda ko‘tarilgan masala bo‘yicha qaror qabul qilingan hisoblanadi.