https://oz.sputniknews.uz/20241005/hizbulloh-isroil-qoshinlarining-ornashib-olishga-yol-qoymadi-45989023.html
"Hizbulloh" Isroil qo‘shinlarining o‘rnashib olishga yo‘l qo‘ymadi
"Hizbulloh" Isroil qo‘shinlarining o‘rnashib olishga yo‘l qo‘ymadi
Sputnik O‘zbekiston
Hizbulloh o‘tgan tunda Isroilning ikkita hujumini qaytarganini ma’lum qildi. 05.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-05T13:37+0500
2024-10-05T13:37+0500
2024-10-07T13:01+0500
livan
isroil
hizbulloh
urush
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/05/45989256_30:0:2339:1299_1920x0_80_0_0_307dbc2fe90ac2b485f1b0a60e2a6594.jpg
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Livandagi "Hizbulloh" harakatining aytishicha, o‘tgan tunda Isroil qo‘shinlariga Livan-Isroil chegarasi yaqinidagi Odais qishlog‘iga o‘rnashib olishiga yo‘l qo‘ymagan. Ta’kidlanishicha, Isroil harbiylari kechasi kamida ikki marta qishloqqa kirishga uringan, biroq ular chekinishga majbur bo‘lgan. "Hizbulloh", shuningdek, Kfar Giladi, Yuval va Yaron chegara aholi punktlarida isroillik harbiy xizmatchilar jamlangan joyga raketa hujumlarini uyushtirgani haqida xabar berdi.Avvalroq "Hizbulloh" Isroil harbiylarining Livan janubida mustahkam o‘rnashib olishga bo‘lgan barcha urinishlariga barham berganini ma’lum qilgan edi.Eslatib o‘tamiz, Isroil 1 okabr kuni Livanga qarshi quruqlik operatsiyasini boshlagan edi. Bundan oldin yahudiy davlati mahsus xizmatlari Livandagi HAMAS va "Hizbulloh" harakatlari yetakchilarini jismoniy yo‘q qilishga urindi. Shuningdek, 17 -18 sentabr kunlari aloqa uskunalarini yoppasiga portlatdi.Livanda Isroil hujumlari qurbonlari soni allaqachon ikki ming kishidan oshdi, 1,2 milliondan ortiq livanlik uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. O‘n minglab qochqinlar qo‘shni Suriyaga o‘tgan.Isroil aytishiga ko‘ra, ularning harbiy kampaniyaning asosiy maqsadi "Hizbulloh" tomonidan o‘qqa tutilishi sababli evakuatsiya qilingan yahudiy davlatining shimolidagi 60 ming aholini o‘z uyiga qaytishi uchun sharoit yaratishdir.
livan
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/05/45989256_319:0:2051:1299_1920x0_80_0_0_77af470338a5045d8258b8378b5ad601.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
livan, isroil, hizbulloh, urush, dunyo yangiliklari, dunyoda
livan, isroil, hizbulloh, urush, dunyo yangiliklari, dunyoda
"Hizbulloh" Isroil qo‘shinlarining o‘rnashib olishga yo‘l qo‘ymadi
13:37 05.10.2024 (yangilandi: 13:01 07.10.2024) Hizbulloh o‘tgan tunda Isroilning ikkita hujumini qaytarganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Livandagi "Hizbulloh" harakatining aytishicha, o‘tgan tunda Isroil qo‘shinlariga Livan-Isroil chegarasi yaqinidagi Odais qishlog‘iga o‘rnashib olishiga yo‘l qo‘ymagan.
“Isroillik piyoda askarlari Odais qishlog‘i munitsipaliteti chekkasiga borishga uringanlarida, "Hizbulloh" jangchilari ularga zarba bergan va ularni chekinishga majbur qilgan. Isroil qo‘shinlari orasida halok bo‘lganlar va yaradorlar bor", - deb xabar berdi harakat.
Ta’kidlanishicha, Isroil harbiylari kechasi kamida ikki marta qishloqqa kirishga uringan, biroq ular chekinishga majbur bo‘lgan. "Hizbulloh", shuningdek, Kfar Giladi, Yuval va Yaron chegara aholi punktlarida isroillik harbiy xizmatchilar jamlangan joyga raketa hujumlarini uyushtirgani haqida xabar berdi.
Avvalroq "Hizbulloh" Isroil harbiylarining Livan janubida mustahkam o‘rnashib olishga bo‘lgan barcha urinishlariga barham berganini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Isroil 1 okabr kuni Livanga qarshi quruqlik operatsiyasini boshlagan edi. Bundan oldin yahudiy davlati mahsus xizmatlari Livandagi HAMAS va "Hizbulloh" harakatlari yetakchilarini jismoniy yo‘q qilishga urindi. Shuningdek, 17 -18 sentabr kunlari aloqa uskunalarini yoppasiga portlatdi.
Livanda Isroil hujumlari qurbonlari soni allaqachon ikki ming kishidan oshdi, 1,2 milliondan ortiq livanlik uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. O‘n minglab qochqinlar qo‘shni Suriyaga o‘tgan.
Isroil aytishiga ko‘ra, ularning harbiy kampaniyaning asosiy maqsadi "Hizbulloh" tomonidan o‘qqa tutilishi sababli evakuatsiya qilingan yahudiy davlatining shimolidagi 60 ming aholini o‘z uyiga qaytishi uchun sharoit yaratishdir.