https://oz.sputniknews.uz/20241003/uzbekistan-korxona-beltexindustry-2024-korgazma-45958610.html
O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari "BelTexIndustry 2024" ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari "BelTexIndustry 2024" ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Minskdagi eng yirik sanoat ko‘rgazmasida o‘zbek matolari, tayyor kiyim va to‘qimachilik mahsulotlari, dizaynerlar kolleksiyalari namoyish etilmoqda.
2024-10-03T15:01+0500
2024-10-03T15:01+0500
2024-10-03T15:01+0500
jamiyat
belarus
ko‘rgazma
o‘zbekiston
to‘qimachilik
tekstil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/03/45957424_0:27:870:516_1920x0_80_0_0_1bf54e9cf169d673eae01fe58bbb1efa.jpg
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari "BelTexIndustry 2024" yengil sanoat mahsulotlari ulgurji savdosi 48-xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi. Uyushma rahbariyati 2-4 oktabr kunlari Belarus poytaxti Minsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan eng yirik sanoat ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi. Biznes dasturi doirasida mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, mehnat bozoridagi kadrlar tendensiyalari, to‘qimachilik bozorida muvaffaqiyatli biznes strategiyasi, shuningdek, yetakchi korxonalar rahbarlari ishtirokida biznes uchrashuvlari va kompaniya taqdimotlari bo‘lib o‘tmoqda. Shuningdek, o‘zbekistonlik dizaynerlar moda ko‘rgazmalarida qatnashmoqda.
belarus
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/03/45957424_74:0:797:542_1920x0_80_0_0_09522dcd70c41892dc2e608bb9123981.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari beltexindustry 2024 yengil sanoat mahsulotlari ulgurji savdosi 48-xalqaro ko‘rgazma o‘zto‘qimachiliksanoat
o‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari beltexindustry 2024 yengil sanoat mahsulotlari ulgurji savdosi 48-xalqaro ko‘rgazma o‘zto‘qimachiliksanoat
O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari "BelTexIndustry 2024" ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
Minskdagi eng yirik sanoat ko‘rgazmasida o‘zbek matolari, tayyor kiyim va to‘qimachilik mahsulotlari, dizaynerlar kolleksiyalari namoyish etilmoqda.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari "BelTexIndustry 2024" yengil sanoat mahsulotlari ulgurji savdosi 48-xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmati
xabar berdi. Uyushma rahbariyati 2-4 oktabr kunlari Belarus poytaxti Minsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan eng yirik sanoat ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi.
“Ko‘rgazmada O‘zbekistonning bir qancha yirik to‘qimachilik korxonalari eksport hajmini oshirish, strategik hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida matolar, tayyor tikuvchilik va to‘qimachilik mahsulotlarini namoyish etmoqda”, — deyiladi xabarda.
Biznes dasturi doirasida mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, mehnat bozoridagi kadrlar tendensiyalari, to‘qimachilik bozorida muvaffaqiyatli biznes strategiyasi, shuningdek, yetakchi korxonalar rahbarlari ishtirokida biznes uchrashuvlari va kompaniya taqdimotlari bo‘lib o‘tmoqda.
Shuningdek, o‘zbekistonlik dizaynerlar moda ko‘rgazmalarida qatnashmoqda.