O‘zbekiston aholining turmush darajasini oshirishda xorij tajribasidan foydalanmoqchi

© Assotsiatsiya maxalley UzbekistanaV Samarkande proxodit mejdunarodnaya konferensiya, posvashonnaya roli maxalli v jizni grajdan
V Samarkande proxodit mejdunarodnaya konferensiya, posvashonnaya roli maxalli v jizni grajdan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2024
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Samarqandda “Mahalliy aholining turmush darajasini oshirishda mahallaning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekiston aholining turmush darajasini oshirishda xorij tajribasidan foydalanib, milliy dastur ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “Mahalliy aholining turmush darajasini oshirishda mahallaning o‘rni” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tadbirda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari, soha mutaxassislari, olimlar, mahalla faollari ishtirok etmoqda. Tadbirning birinchi kunida mamlakatda o‘zini o‘zi boshqarish institutlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash sohasida amalga oshiralayotgan ishlar hamda “Mahalla yettiligi”ning maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
“Mahallada kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlik loyihalariga 35 trillion so‘m kam foizli kredit, 7 trillion so‘m subsidiya berildi. Qolaversa, 260 ming gektar yer 800 ming aholiga dehqonchilik uchun ajratib berildi. Bugungi kunda 4 ming 901 ta mahalla jinoyatchilikdan, 2 ming 930 ta mahalla oilaviy ajrimdan, 1 ming 795 ta mahalla ishsizlikdan holi hududga aylantirildi”, — deydi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev.
Qayd etilishicha, “Mahalla yettiligi” va banklar hamkorligida 650 ming 561 nafar aholining bandligi ta’minlandi.
“Joriy yilda mehnat migratsiyada yurgan 418 ming 764 nafar fuqarolarni qaytarishga erishildi, ularning 210 ming 170 nafari ishga joylashtirildi”, — deya qayd etdi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mahallalarning moliyaviy imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha yer va mol-mulk solig‘i hisobidan 2,6 trln so‘m soliq tushumi undirilib, 9 ming 452 ta mahalla budjetiga 264 mlrd so‘m daromad tushurildi.
“Mazkur sa’y-harakatlar natijasida fuqarolarimiz tayinli ish joyiga, yaxshi daromad manbaiga ega bo‘ldi. Xorijga ish izlab ketishdek og‘ir muammolar bartaraf etilyapti. Bunday yuksak marralarga erishishda O‘zbekiston xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro tajriba almashish, birgalikda turli dastur va loyihalarni amalga oshirish orqali yaqin hamkorlikni izchil davom ettirishdan manfaatdor. Xorijiy davlatlarning sohadagi ilg‘or tajribasini o‘rganish, zarur jihatlaridan foydalanib, milliy dastur ishlab chiqish maqsadimizga yanada tezroq yetishga yordam beradi. Bugungi anjumanda ishtirok etayotgan xalqaro ekspertlar, malakali mutaxassislar, olimlar bildiradigan amaliy taklif va tavsiyalar aholining turmush darajasini oshirishda yangi qadam bo‘ladi, deb umid qilaman”, — deya qayd etdi u.
Ma’lum qilinishicha, konferensiya yakunlariga doir dekloratsiya qabul qilish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0