https://oz.sputniknews.uz/20241003/usa-israel-iran-yadro-inshoot-hujum-45954405.html
AQSh Isroilning Eron yadroviy inshootlariga hujum qilishiga qarshi — OAV
AQSh Isroilning Eron yadroviy inshootlariga hujum qilishiga qarshi — OAV
Sputnik O‘zbekiston
OAV: Bayden Isroilning Eron yadroviy inshootlariga hujumiga qarshi chiqadi. 03.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-03T19:05+0500
2024-10-03T19:05+0500
2024-10-03T19:05+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
eron
isroil
aqsh
yadro quroli
jo bayden
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1e/29580420_0:0:640:360_1920x0_80_0_0_6d22f6a5cc1ee57880caf588251555a9.jpg
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Isroil Eronning yadroviy inshootlariga hujum qilish variantini ko‘rib chiqmayapti, AQSh prezidenti Jo Bayden bunday hujumga qarshi turishini aytdi. Bu haqda "Financial Times" vaziyatdan xabardor manbaga tayanib ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti. Gazetaning ta’kidlashicha, Bayden "bunday hujumga qarshi turishini ham aytgan". AQSh va boshqa G‘arb ittifoqchilari Isroilni buning o‘rniga harbiy maqsadlarga e’tibor qaratishga undamoqda, deydi manbalar. Shu bilan birga, nashr ta’kidlaganidek, G‘arb rasmiylari Isroil yaqinda “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh va bir qator harbiylashtirilgan guruh yetakchilarining o‘ldirilishidan keyin o‘ziga bo‘lgan ishonch tobora ortib borayotganini tan olishmoqda. Ularning fikricha, Isroil rasmiylari Eron ustidan strategik g‘alaba qozonish uchun harbiy va siyosiy yo‘qotishlarga tayyor bo‘lishi mumkin. Davlat departamenti matbuot kotibi Mettyu Miller chorshanba kuni Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish ehtimoli haqida gapirar ekan, AQSh Yaqin Sharqda to‘laqonli urushga olib keladigan har qanday harakatga qarshi ekanini aytdi. Shuningdek, u AQSh Isroil bilan Tehronning raketa hujumiga mumkin bo‘lgan javob choralarini muhokama qilayotganini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20241002/israel-bmt-antoniu-guterrish-45946518.html
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1e/29580420_80:0:560:360_1920x0_80_0_0_244d2958908af4eda105d843d1ee1151.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, eron, isroil, aqsh, yadro quroli, jo bayden
dunyo yangiliklari, dunyoda, eron, isroil, aqsh, yadro quroli, jo bayden
AQSh Isroilning Eron yadroviy inshootlariga hujum qilishiga qarshi — OAV
OAV: Bayden Isroilning Eron yadroviy inshootlariga hujumiga qarshi chiqadi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Isroil Eronning yadroviy inshootlariga hujum qilish variantini ko‘rib chiqmayapti, AQSh prezidenti Jo Bayden bunday hujumga qarshi turishini aytdi. Bu haqda "Financial Times" vaziyatdan xabardor manbaga tayanib ma’lum qildi, deb yozmoqda
RIA Novosti. “Isroil Eronga javob berishning bir qancha variantlarini, jumladan, raketa uchiruvchi qurilmalarga yoki neft infratuzilmasiga hujumlarni ko‘rib chiqmoqda. Ba’zi Isroil rasmiylari yadroviy obyektlarga zarba berishga chaqirishdi, ammo bu masaladan xabardor shaxs bu ko‘rib chiqilmayotganini aytdi”, — deb yozadi nashr.
Gazetaning ta’kidlashicha, Bayden "bunday hujumga qarshi turishini ham aytgan".
AQSh va boshqa G‘arb ittifoqchilari Isroilni buning o‘rniga harbiy maqsadlarga e’tibor qaratishga undamoqda, deydi manbalar. Shu bilan birga, nashr ta’kidlaganidek, G‘arb rasmiylari Isroil yaqinda “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh va bir qator harbiylashtirilgan guruh yetakchilarining o‘ldirilishidan keyin o‘ziga bo‘lgan ishonch tobora ortib borayotganini tan olishmoqda.
Ularning fikricha, Isroil rasmiylari Eron ustidan strategik g‘alaba qozonish uchun harbiy va siyosiy yo‘qotishlarga tayyor bo‘lishi mumkin.
Davlat departamenti matbuot kotibi Mettyu Miller chorshanba kuni Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish ehtimoli haqida gapirar ekan, AQSh Yaqin Sharqda to‘laqonli urushga olib keladigan har qanday harakatga qarshi ekanini aytdi. Shuningdek, u AQSh Isroil bilan Tehronning raketa hujumiga mumkin bo‘lgan javob choralarini muhokama qilayotganini ta’kidladi.