MDH davlatlarining statistika sohasidagi hamkorligi — video

Obuna bo‘lish
Ishtirokchilar MDH xalqaro statistik forumi, O‘zbekiston, MDH va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik xususida so‘z yuritishdi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “MDH davlatlari o‘rtasida statistika sohasida hamkorlik” mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbir mehmonlari:
MDH Davlatlararo statistika qo‘mitasi raisi Konstantin Laykam;
Rossiya Federatsiyasi Federal Davlat statistika xizmati rahbari o‘rinbosari Sergey Yegorenko;
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari A’zam Ikromov.
Ishtirokchilar 2-4 oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan MDH xalqaro statistik forumining maqsadi, vazifalari va kutilayotgan natijalari haqida so‘z yuritishdi. Shuningdek, MDHda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda ishlab chiqilayotgan vositalar hamda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida rejalashtirilgan hamkorlik doirasidagi statistik loyihalar ham ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun, kecha Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ning II xalqaro statistika forumi o‘z ishini boshladi. Forumda 150 nafardan ziyod ishtirokchilar, jumladan, MDH Davlatlararo Statistika qo‘mitasi rahbariyati, MDH Ijroiya qo‘mitasining vakillari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Statistika bo‘limi direktori, BMT YeIK Statistika bo‘limi direktori hamda 20 taga yaqin xorijiy davlatlar statistika idoralarining birinchi rahbarlari va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari qatnashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0