Vengriya Yevropa Ittifoqining Ukrainaga instruktorlar yuborish rejasini rad etdi

Flag Vengrii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2024
Obuna bo‘lish
Peter Siyarto: Vengriya Ukrainaga harbiy maslahatchilarni yuborish taklifini bloklaydi.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Vengriya Yevropa Ittifoqining Ukrainaga harbiy xizmatchilarni tayyorlash uchun instruktor va maslahatchilar yuborish rejasini rad etdi va uni qayta ishlashni talab qildi. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyarto ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022-yil noyabr oyida boshlangan Yevropa Ittifoqining hamjamiyat hududida tayyorgarlik missiyasi tez orada tugaydi, hozirda Yevropa Ittifoqida nafaqat uni ikki yilga uzaytirish, balki "ular tayyorgarlik missiyasini muvofiqlashtirishda va uning samaradorligini oshirishda ishtirok etishlari uchun" Ukraina hududiga instruktorlar va harbiy maslahatchilarni yuborish taklifi ham muhokama qilinmoqda.
“Biz buni harbiy kuchayish nuqtayi nazaridan juda xavfli qadam deb bilamiz. Biz bu taklif mojaroning kengayish xavfini sezilarli darajada oshirishini ko‘rmoqdamiz... Shuning uchun biz bu taklifga “yo‘q” deymiz, biz Brusseldagi Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar xizmatiga bunday shaklda taklifni qo‘llab-quvvatlay olmasligimizni aytdik, biz ulardan uni qayta ishlashni so‘radik”, — dedi Siyarto.
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2024
Peskov: G‘arbning Ukrainadagi mojaroga aralashish darajasi oshib bormoqda
Yangiliklar lentasi
0