https://oz.sputniknews.uz/20241002/toshkent-mdh-xalqaro-statistika-forum-45941160.html
Toshkentda MDHning II xalqaro statistika forumi o‘z ishini boshladi
Toshkentda MDHning II xalqaro statistika forumi o‘z ishini boshladi
Sputnik O‘zbekiston
Forumda 150 dan ziyod ishtirokchilar qatnashmoqda.
2024-10-02T12:12+0500
2024-10-02T12:12+0500
2024-10-02T17:45+0500
iqtisod
o‘zbekiston
toshkent
forum
statistika agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/02/45940081_0:257:2730:1793_1920x0_80_0_0_b63465220b1f76798fb6aad98922d957.jpg
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ning II xalqaro statistika forumi o‘z ishini boshladi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Forumda 150 nafardan ziyod ishtirokchilar, jumladan, MDH Davlatlararo Statistika qo‘mitasi rahbariyati, MDH Ijroiya qo‘mitasining vakillari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Statistika bo‘limi direktori, BMT YeIK Statistika bo‘limi direktori hamda 20 taga yaqin xorijiy davlatlar statistika idoralarining birinchi rahbarlari va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari qatnashmoqda.Ishtirokchilar statistika sohasida raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba almashish, raqamli transformatsiya sharoitida statistik jarayonlarni modernizatsiya qilish, rasmiy statistik ma’lumotlarni, jumladan, katta ma’lumotlar va sun’iy intellektni yaratish uchun muqobil ma’lumotlar manbalaridan foydalanish masalalarini muhokama qilishmoqda.Qayd etilishicha, 2023-yilda xalqaro tashkilotlar uchun 49 ta so‘rovnoma, jumladan, BMT Statistika bo‘limi uchun 10 ta, Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi uchun 5 ta, YuNESKO uchun 9 ta, Xalqaro mehnat tashkiloti uchun 2 ta, Xalqaro elektraloqa ittifoqi uchun 2 ta va boshqa 14 ta so‘rovnoma to‘ldirildi.Bundan tashqari, O‘zbekiston "Open Data Inventory" (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 70 ball bilan 195 ta davlat orasida 30-o‘rinni egallab, Markaziy Osiyodagi yetakchiligini saqlab qoldi. BMT Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i “Barqaror rivojlanish maqsadlari” indeksida mamlakat 71,1 indeks bilan 166 ta davlat orasida 69-o‘rinni egalladi. Qolaversa, "Open Data Watch" hisobotida O‘zbekiston 69,7 ball to‘plagan holda “Ochiq gender ma’lumotlar” indeksi bo‘yicha yetakchi 20 ta davlat qatoriga kirdi.BMT Statistika bo‘limi veb-saytida O‘zbekiston ham barqaror rivojlanish bo‘yicha ilg‘or tajribaga ega 87 ta davlat qatoriga kiritilgan.Xalqaro forum sessiyalarida Rossiya, Belarus, Armaniston va Tojikiston tajribasidan kelib chiqqan holda ma’lumotlarni boshqarish va milliy darajada axborot resurslarini integratsiyalashuvi bo‘yicha taqdimotlar o‘tkaziladi. Xususan, statistik ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va tarqatishning hozirgi tendensiyalari muhokama qilinadi.Statistika agentligi ta’kidlaganidek, raqamli texnologiyalarni statistik sohaga integratsiya qilishdan asosiy maqsad barcha foydalanuvchilar uchun yuqori sifatli statistik ma’lumotlardan oson va tushunarli foydalanishni ta’minlashdan iborat.Shunday qilib, agentlik statistik ma’lumotlarni to‘plash uchun 16 tadan ortiq vazirlik va idoralarning 30 tadan ortiq ma’muriy ma’lumotlar bazasini birlashtirdi. Bu foydalanuvchilarni ishonchli statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash, shuningdek, respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat bo‘yicha 100 tadan ortiq asosiy statistik ko‘rsatkichlarni onlayn yangilash va e’lon qilish imkonini berdi, bu statistik va tahliliy ma’lumotlarni qidirish vaqtini sezilarli darajada qisqartirdi.Forum doirasida kun tartibidagi barcha masalalar muhokamasi bilan birga Statistika idoralari rahbarlari, MDH Statistika qo‘mitasi va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda ekspertlari uchrashuvlari MDHga a’zo davlatlar statistika xizmatlari rahbarlari kengashining 70-yig‘ilishi o‘tkaziladi.Statistika forumi o‘z ishini 4-oktabrga qadar davom ettiradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/02/45940081_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_a8b00a1e46bfacb34b2dff1861adf817.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent mustaqil davlatlar hamdo‘stligining ii xalqaro statistika forumi
toshkent mustaqil davlatlar hamdo‘stligining ii xalqaro statistika forumi
Toshkentda MDHning II xalqaro statistika forumi o‘z ishini boshladi
12:12 02.10.2024 (yangilandi: 17:45 02.10.2024) Eksklyuziv
Forumda 150 nafardan ziyod ishtirokchilar qatnashmoqda.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ning II xalqaro statistika forumi o‘z ishini boshladi, deya xabar berdi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Forumda 150 nafardan ziyod ishtirokchilar, jumladan, MDH Davlatlararo Statistika qo‘mitasi rahbariyati, MDH Ijroiya qo‘mitasining vakillari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Statistika bo‘limi direktori, BMT YeIK Statistika bo‘limi direktori hamda 20 taga yaqin xorijiy davlatlar statistika idoralarining birinchi rahbarlari va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari qatnashmoqda.
Ishtirokchilar statistika sohasida raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba almashish, raqamli transformatsiya sharoitida statistik jarayonlarni modernizatsiya qilish, rasmiy statistik ma’lumotlarni, jumladan, katta ma’lumotlar va sun’iy intellektni yaratish uchun muqobil ma’lumotlar manbalaridan foydalanish masalalarini muhokama qilishmoqda.
Qayd etilishicha, 2023-yilda xalqaro tashkilotlar uchun 49 ta so‘rovnoma, jumladan, BMT Statistika bo‘limi uchun 10 ta, Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi uchun 5 ta, YuNESKO uchun 9 ta, Xalqaro mehnat tashkiloti uchun 2 ta, Xalqaro elektraloqa ittifoqi uchun 2 ta va boshqa 14 ta so‘rovnoma to‘ldirildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston "Open Data Inventory" (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 70 ball bilan 195 ta davlat orasida 30-o‘rinni egallab, Markaziy Osiyodagi yetakchiligini saqlab qoldi. BMT Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i “Barqaror rivojlanish maqsadlari” indeksida mamlakat 71,1 indeks bilan 166 ta davlat orasida 69-o‘rinni egalladi. Qolaversa, "Open Data Watch" hisobotida O‘zbekiston 69,7 ball to‘plagan holda “Ochiq gender ma’lumotlar” indeksi bo‘yicha yetakchi 20 ta davlat qatoriga kirdi.
BMT Statistika bo‘limi veb-saytida O‘zbekiston ham barqaror rivojlanish bo‘yicha ilg‘or tajribaga ega 87 ta davlat qatoriga kiritilgan.
“Bizning asosiy maqsadimiz – top-30 “elektron hukumat” qatoriga kirish", — deya ma’lum qilindi tadbirda.
Xalqaro forum sessiyalarida Rossiya, Belarus, Armaniston va Tojikiston tajribasidan kelib chiqqan holda ma’lumotlarni boshqarish va milliy darajada axborot resurslarini integratsiyalashuvi bo‘yicha taqdimotlar o‘tkaziladi. Xususan, statistik ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va tarqatishning hozirgi tendensiyalari muhokama qilinadi.
Statistika agentligi ta’kidlaganidek, raqamli texnologiyalarni statistik sohaga integratsiya qilishdan asosiy maqsad barcha foydalanuvchilar uchun yuqori sifatli statistik ma’lumotlardan oson va tushunarli foydalanishni ta’minlashdan iborat.
Shunday qilib, agentlik statistik ma’lumotlarni to‘plash uchun 16 tadan ortiq vazirlik va idoralarning 30 tadan ortiq ma’muriy ma’lumotlar bazasini birlashtirdi. Bu foydalanuvchilarni ishonchli statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash, shuningdek, respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat bo‘yicha 100 tadan ortiq asosiy statistik ko‘rsatkichlarni onlayn yangilash va e’lon qilish imkonini berdi, bu statistik va tahliliy ma’lumotlarni qidirish vaqtini sezilarli darajada qisqartirdi.
Forum doirasida kun tartibidagi barcha masalalar muhokamasi bilan birga Statistika idoralari rahbarlari, MDH Statistika qo‘mitasi va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda ekspertlari uchrashuvlari MDHga a’zo davlatlar statistika xizmatlari rahbarlari kengashining 70-yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Statistika forumi o‘z ishini 4-oktabrga qadar davom ettiradi.