Senatorlar kreativ iqtisodiyot haqidagi qonunni ma’qullashdi

© Press-slujba Senata UzbekistanaSenatori odobrili vnesenie izmeneniy i dopolneniy v zakon "O gosudarstvennoy poshline"
Senatori odobrili vnesenie izmeneniy i dopolneniy v zakon O gosudarstvennoy poshline - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2024
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis Senatining ellik sakkizinchi yalpi majlisida “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi.
TOShKENT, 1 okt— Sputnik. Senatorlar kreativ iqtisodiyot haqidagi qonunni ma’qullashdi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining ellik sakkizinchi yalpi majlisida “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi.
“Mazkur Qonun bilan kreativ iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish va ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish nazarda tutilib, unda kreativ iqtisodiyot sohalari sifatida 15 ta yo‘nalish belgilanmoqda. Hujjatda kreativ iqtisodiyot bo‘yicha davlat siyosatining amalga oshirilishi mexanizmi, Vazirlar Mahkamasining, vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining sohaga oid vakolatlari belgilab qo‘yilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi tashkil etilishi, ushbu kengash jamoatchilik asosida faoliyat olib boradigan maslahat organi hisoblanishi nazarda tutilmoqda.
Hujjat asosida kreativ iqtisodiyot uchun zarur infratuzilma yaratish va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari vazifalari belgilanmoqda:
kreativ industriyalar parki va klasterlari;
raqamli platformalar;
art-rezidensiyalar;
kreativ industriya markazlari;
innovatsion uskunalar va texnologiyalar;
raqamli dasturlar va platformalar yaratilishi;
kreativ industriyalar parki.
Qonun asosida ichki va tashqi bozorlarda kreativ industriya sohalaridagi loyihalarni yaratish, ishlab chiqarish va ilgari surish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida kreativ iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etilishi hamda ushbu jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari belgilanmoqda.
“Kreativ industriyalarining respublika iqtisodiyotiga hissasini aniqlash maqsadida statistik ko‘rsatkichlarini shakllantirish hamda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hisobga olish, madaniy merosni asrash qonun darajasida belgilanmoqda”, — deya qayd etilgan xabarda
Senatorlarning fikricha, mazkur qonunning qabul qilinishi O‘zbekistonning Global innovatsiyalar indeksidagi o‘rnini oshirishga, kreativ industriya sohasidagi innovatsion g‘oyalar va loyihalarni rivojlantirishga, madaniyat va merosni ommalashtirishib, xalqaro va ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan kreativ mahsulotlar va xizmatlarni sotish uchun sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda kreativ iqtisodiyot jarayoni ko‘plab mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishida muhim rol o‘ynamoqda. Kreativ iqtisodiyot musiqa, nashriyot, arxitektura, televideniya, san’at, madaniyat, dizayn, ommaviy axborot vositalari, reklama, moda, kino va hattoki ba’zi yuqori texnologiyali tarmoqlar kabi turli sohalarni o‘z ichiga oladi.
Yangiliklar lentasi
0