https://oz.sputniknews.uz/20241001/ozbekiston-xitoy-45926427.html
O‘zbekiston va Xitoy hududlari o‘rtasida aloqalar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston va Xitoy hududlari o‘rtasida aloqalar yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
Mamlakatning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari hududlararo hamkorlikni kengaytirish va mamlakat investitsiya, eksport va turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida amaliy safar Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom rayonida bo‘lishdi.
2024-10-01T15:20+0500
2024-10-01T15:20+0500
2024-10-02T10:04+0500
iqtisod
o‘zbekiston
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0d/45154705_0:33:2370:1366_1920x0_80_0_0_210dacda12426cd50d42c0e4aee2f67d.jpg
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. O‘zbekiston viloyatlari va Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom rayoni o‘rtasida hududlararo aloqalar yo‘lga qo‘yiladi.“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, mamlakatning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari hududlararo hamkorlikni kengaytirish va mamlakat investitsiya, eksport va turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida amaliy safar Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom rayonida bo‘lishdi.Tashrif davomida “Bir makon va bir yo‘l” tashabbusi mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo hamkorligi" mavzusidagi forumda Guansi kompaniyalari uchun O‘zbekistonning investitsion va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.Guansi Tashqi savdoga ko‘maklashish qo‘mitasi, ushbu hududning tuman va yirik shaharlari va kompaniyalari rahbarlari bilan suhbatda Xorazm viloyati bilan hududlararo hamkorlikning amaliy natijalarga yo‘naltirilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.Shu bilan birga eksport hajmini oshirish maqsadida tovuq panjalarini yetkazib berish bo‘yicha xitoylik importor va savdo majmualari bilan kelishuvlarga erishildi.O‘zbekiston diplomatlari tashrif davomi Guylin shahri tashqi ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ven Pu bilan alohida uchrashuv o‘tkazishdi.Xitoy tomoniga O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar, hududlarning investitsion salohiyati hamda shu yil 27-oktabr kuniga belgilangan parlament saylovlari haqida so‘zlab berildi.Bugungi kunda Guylin 10 ta mamlakatning 12 ta shahri bilan birodarlik aloqalarini o‘rnatgani inobatga olinib, O‘zbekiston shaharlari bilan ham yaqin do‘stlik rishtalarini o‘rnatishdan manfaatdorlik bildirildi.Xitoyning Nannin va Guylin shaharlarida o‘tkazilgan uchrashuvlardan yakunida tomonlar hududlararo hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlar, ko‘rgazma va biznes missiyalarni tashkil etishga kelishib olishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20240929/uzbekistan-china-parlament-muloqot-45887048.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0d/45154705_253:0:2117:1398_1920x0_80_0_0_0508703c43da8643a8c5cb81691c16af.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston xitoy hamkorlik
o‘zbekiston xitoy hamkorlik
O‘zbekiston va Xitoy hududlari o‘rtasida aloqalar yo‘lga qo‘yiladi
15:20 01.10.2024 (yangilandi: 10:04 02.10.2024) Guansi kompaniyalari uchun O‘zbekistonning investitsion va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. O‘zbekiston viloyatlari va Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom rayoni o‘rtasida hududlararo aloqalar yo‘lga qo‘yiladi.
“Dunyo” AA xabariga
ko‘ra, mamlakatning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari hududlararo hamkorlikni kengaytirish va mamlakat investitsiya, eksport va turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida amaliy safar Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom rayonida bo‘lishdi.
Tashrif davomida “Bir makon va bir yo‘l” tashabbusi mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo hamkorligi" mavzusidagi forumda Guansi kompaniyalari uchun O‘zbekistonning investitsion va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Guansi Tashqi savdoga ko‘maklashish qo‘mitasi, ushbu hududning tuman va yirik shaharlari va kompaniyalari rahbarlari bilan suhbatda Xorazm viloyati bilan hududlararo hamkorlikning amaliy natijalarga yo‘naltirilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga eksport hajmini oshirish maqsadida tovuq panjalarini yetkazib berish bo‘yicha xitoylik importor va savdo majmualari bilan kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekiston diplomatlari tashrif davomi Guylin shahri tashqi ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ven Pu bilan alohida uchrashuv o‘tkazishdi.
Xitoy tomoniga O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar, hududlarning investitsion salohiyati hamda shu yil 27-oktabr kuniga belgilangan parlament saylovlari haqida so‘zlab berildi.
Bugungi kunda Guylin 10 ta mamlakatning 12 ta shahri bilan birodarlik aloqalarini o‘rnatgani inobatga olinib, O‘zbekiston shaharlari bilan ham yaqin do‘stlik rishtalarini o‘rnatishdan manfaatdorlik bildirildi.
Xitoyning Nannin va Guylin shaharlarida o‘tkazilgan uchrashuvlardan yakunida tomonlar hududlararo hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlar, ko‘rgazma va biznes missiyalarni tashkil etishga kelishib olishdi.